Nukusda spirtli içimliklar işlab çiqargan yaşirin sex topildi
3-sahifa
−
11:37 578 1 daqiqa
Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus tumanida noqonuniy ravişda spirtli içimliklar işlab çiqarayotgan yaşirin sex aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Nukus tumani bölimi boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan. Unda fuqaro O.A. “Anhorli” MFY hududidagi xonadonlardan birida yaşirin sex taşkil etib, qölbola usulda alkogol mahsulotlari işlab çiqarayotgani aniqlangan.
Tadbir davomida xonadondan 44 573 dona ştrix-kod, 12 346 dona qalbaki aksiz markasi, 5 062 dona qopqoq, iste’molga yaroqsiz 1 022 dona alkogol mahsuloti, 237 litr spirt hamda işlab çiqarişda foydalanilgan boşqa vositalar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş va ularni ötkaziş) hamda 186-1-moddasi (etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş yoki işlab çiqariş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan va Toşkent viloyatlarida tegişli litsenziya va hujjatlarsiz dori vositalarini sotiş bilan şuğullangan şaxslar uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi