Nukusda 22 ta “zapravka” narxni kelişib oşirgani foş böldi
Jamiyat
−
16:17 1070 2 daqiqa
Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahridagi 22 ta avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasi gaz narxini bir vaqtda oşirgani uçun moliyaviy jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, qömitaga kelib tuşgan fuqaro murojaati asosida şahardagi gaz töldiriş şoxobçalarida narxlar örganilgan. Natijada 22 ta şoxobçada 1 kub metr siqilgan gaz amaldagi narxidan örtaça 1 050 sömgaça qimmat sotilgani aniqlangan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan Raqobat qömitasining Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy boşqarmasi maxsus komissiyasi tomonidan mazkur korxonalarga nisbatan “Raqobat töğrisida”gi qonunning 19-moddasi (Raqobatga qarşi kelişuvlarni va muvofiqlaştirilgan harakatlarni taqiqlaş) asosida iş qözğatilgan. Işni körib çiqiş yakunida ularga moliyaviy jarima qöllaş haqida qaror qabul qilingan.
Şuningdek, qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş va kelgusida bunday holatlarga yöl qöymaslik yuzasidan şoxobçalarga bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berilgan.
Ma’lumotlarga köra, maxsus komissiya qaroridan norozi bölgan 9 ta korxona sudga murojaat qilgan. Sud tomonidan qömita qarorlarining qonuniyligi tasdiqlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 58 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasida ötkazilgan aksiyalar tekşirilib, 65 ta muammo va kamçilik aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr