AI-80 benzini birjada savdoga çiqarildi. U “zapravka”larda ham sotiladimi?
O‘zbekiston
−
13:06 179 2 daqiqa
AI-80 benzini Özbekistonda birja savdolariga çiqarildi. Biroq u “zapravka”larda sotilmaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, birja savdolariga çiqarilgan AI-80 markali benzin qayta işlaş korxonalarida xomaşyo sifatida foydalaniş uçun möljallangan.
Uşbu mahsulotdan texnologik qayta işlaş orqali yuqori oktanli benzin va boşqa kimyoviy mahsulotlar işlab çiqarişda foydalaniş mumkin.
Savdo şartlariga köra, uni faqat tegişli litsenziyaga ega qayta işlaş korxonalari xarid qilişi mumkin.
“Aholi uçun muhim jihati: mazkur savdolar AI-80 benzinining AYOQŞlarda sotuvga qaytarilişini anglatmaydi. Uni avtomobillarga yoqilği sifatida sotiş böyiça amaldagi çeklovlar saqlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi “Özbekiston-2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni bilan 2025 yil yakuniga qadar aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilği bilan ta’minlagan holda AI-80 markali avtomobil yoqilğisidan foydalaniş va sotiş çeklanişi xabar qilingan edi. “Özbekneftgaz” AJ ötgan yilning 2 sentyabridan boşlab AI-80 benzinini birja savdolari orqali sotişni töxtatdi.
Live
Barchasi