Ğuzorda ayol va tört farzandini tiriklayin yoqib yuborgan erkak umrbod qamaldi (video)
3-sahifa
−
10:50 2186 2 daqiqa
Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandlari ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan erkak umrbod qamaldi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati sudlarining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat joriy yilning 15 may kuni sodir bölgan. Erkak soat 22:30 larda jabrlanuvçining Ğuzor tumanidagi xonadoniga borib, u bilan janjallaşgan. Söng özi bilan olib kelgan 5 litrli idişdagi benzinni yopiq xonada bölgan ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandlari ustiga sepib, ularni öta şafqatsizlik bilan tiriklayin yoqib yuborgan.
Ma’lum qilinişiça, körsatilgan tez yordam va tibbiy muolajalar natijasida ayol va uning ikki nafar farzandining hayoti saqlab qolingan. Biroq kuyişdan olgan tan jarohatlari tufayli oilaning 6 yoşli öğil va 11 yoşli qiz farzandlari vafot etgan.
Sudda jabrlanuvçi ayol erkakka nisbatan oliy jazo berilişini söragan.
“Oliy jazo berişlarini sörayman. Endi ikkita bolam qaytib kelmaydi. Yengil jazo bermasalaringiz, yana ham köpayib ketadi mana şundaylar. Oliy jazo berişlaringizni sörab qolaman”, degan jabrlanuvçi ayol.
Jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudi hukmi bilan ayblanuvçi S.T. 25,97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismining “a”, “v”, “d”, “j” bandlari hamda 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Jinoyat kodeksi 59-moddasi 4-qismiga asosan tayinlangan yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan qoplaş orqali S.T. ga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Live
Barchasi01 Noyabr