2 ming dollarga “prava” olib bermoqçi bölgan ayol qölga tuşdi (video)
3-sahifa
−
10:00 874 1 daqiqa
Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida 2 ming AQŞ dollari evaziga noqonuniy ravişda “B“ toifasidagi haydovçilik guvohnomasini olib berişni va’da qilgan ayol 1,8 ming dollarni olayotgan vaqtda uşlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Şahrisabz tumanida yaşovçi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddalari (pora beriş) bilan sudlangan Dilnoza Amanova fuqaroga tanişlari orqali haydovçilik guvohnomasini olib berişini aytib, buning uçun 2 ming AQŞ dollari talab qilgan.
“Xavfsiz va soğlom yurt“ keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida ötkazilgan tezkor tadbirda u kelişilgan pulning 1,8 ming AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat protsessual tartibda rasmiylaştirilgan. Hozirda Dilnoza Amanovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida haydovçilik guvohnomasini olib berişni va’da qilib, fuqarodan 2 000 AQŞ dollari talab qilgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi