Uç viloyatda 3,1 kg dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

3-sahifa

−

image

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari hamda kuçli ta’sir qiluvçi moddalar bor dori vositalari aniqlandi. Holatlar yuzasidan bir neça şaxs qölga olinib, jinoyat işlari qözğatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi, bojxona va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda Urgut tumanida yaşovçi, 1987 va 1994 yillarda tuğilgan ikki şaxs 1 kg 950 gr “opiy”ni şartli xaridorga 36 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda uşlangan. Mamlakatga kontrabanda yöli bilan olib kirilgan uşbu giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.

Xorazm viloyatidagi tadbirda esa avvaldan kuzatuvga olingan, 1999 yilda tuğilgan şaxs Urganç tumanida vaqtinça yaşab turgan xonadonidan çiqayotganida töxtatilgan. Ayni şu vaqtda uning yaqin tanişi bölgan ayol xonadon derazasidan sellofan paketni taşqariga uloqtirgan.

Hodisa joyi xolislar iştirokida közdan keçirilganda, paketda mazkur şaxsga tegişli jami 715 gr “gaşiş”, 0,92 gr “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi hamda tarkibida “pregabalin” kuçli ta’sir qiluvçi moddasi bölgan “PGN 300” nomli 23 dona dori vositasi borligi aniqlangan.

Bundan taşqari, Qaşqadaryo viloyatidagi “Umakay” yöl-patrul xizmati maskanida Surxondaryodan Toşkentga ketayotgan Cobalt rusumli avtomobil töxtatilib tekşirilgan. Unda yölovçi sifatida ketayotgan, Denov tumanida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan şaxsning yonidan 327 gr “opiy” va 127 gr “gaşiş” topilib, belgilangan tartibda rasmiylaştirib olingan.

Taqdim etilgan ma’lumotga köra, uşbu moddalar muqaddam Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2 kilogramm “opiy” ekstrakti, 550 gramm “gaşiş” va 100 gramm “mefedron” musodara qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing