Jahon banki Samarqandda tibbiy xizmatlar uçun 100 mln dollar ajratadi

O‘zbekiston

−

image

Jahon banki Özbekistonga Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tizimini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratişni ma’qulladi. Bu haqda Jahon bankining rasmiy saytida xabar berildi.

Ma’lumotlarga köra, mablağ Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) tomonidan ajratiladi. U Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, surunkali kasalliklarni aniqlaş va davolaşni kuçaytirişga yönaltiriladi. “Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini körsatiş natijalarini tizimli takomillaştiriş” (SHIFO-1) dasturi aholi salomatligini yaxşilaş, mehnat unumdorligini oşiriş va tibbiyot xodimlari malakasini oşiriş orqali qariyb 28,8 mingta qöşimça hamda yuqori haq tölanadigan iş örinlari yaratilişiga kömaklaşişi kutilmoqda.

Dastur doirasida Samarqand viloyatidagi 400 dan ortiq oilaviy poliklinikani modernizatsiya qiliş rejalaştirilgan. Qayd etilişiça, viloyatda taxminan 4,3 mln aholi istiqomat qiladi. Şuningdek, 6 400 nafardan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, 1 250 nafar oilaviy şifokor va 5 000 nafar hamşira öqitiladi hamda sertifikatlanadi.

Özbekiston soğliqni saqlaş sohasi xodimlarining qariyb 80 foizini ayollar taşkil etişi inobatga olinib, ularni öqitişga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Bundan taşqari, milliy raqamli soğliqni saqlaş platformasi – D-MED imkoniyatlari kengaytiriladi. Platformaga bemorlarning raqamli reyestri va aholi salomatligini boşqarişni takomillaştirişga qaratilgan qöşimça vositalar kiritiladi.

Uşbu yangilanişlar orqali 330 ming nafar katta yoşli aholini yurak-qon tomir kasalliklari xavfi böyiça skriningdan ötkaziş va 250 ming nafar bemorning davolaniş jarayonini yaqindan kuzatib boriş imkoni yaratiladi. SHIFO-1 dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda boşqa ixtisoslaştirilgan idoralar tomonidan 2028 yil dekabriga qadar amalga oşiriladi.

Dasturning umumiy qiymati 525 mln dollarni taşkil etadi. Şundan 425 mln dollari Özbekiston hukumati tomonidan moliyalaştiriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing