Dugonalar maşmaşasi. 2 ming dollarlik “prava”– Qalampir.uz dayjesti
Tahlil
−
22:11 456 5 daqiqa
Kun davomida Özbekiston miqyosida sodir bölgan muhim hodisalar tafsiloti bilan Qalampir.uzʼning mahalliy dayjesti.
Jahon banki Samarqandda tibbiy xizmatlar uçun 100 mln dollar ajratadi
Jahon banki Özbekistonga Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tizimini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratişni ma’qulladi.
Ma’lumotlarga köra, mablağ Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) tomonidan ajratiladi. U Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, surunkali kasalliklarni aniqlaş va davolaşni kuçaytirişga yönaltiriladi.
ŞIFO-1 dasturi aholi salomatligini yaxşilaş, mehnat unumdorligini oşiriş va tibbiyot xodimlari malakasini oşiriş orqali qariyb 28 ming 800 ta qöşimça hamda yuqori haq tölanadigan iş örinlari yaratilişiga kömaklaşişi kutilmoqda.
Dastur doirasida Samarqand viloyatidagi 400 dan ortiq oilaviy poliklinikalarni modernizatsiya qiliş rejalaştirilgan. Şuningdek, 6 400 nafardan ziyod tibbiyot xodimi, 1 250 nafar oilaviy şifokor va 5 000 nafar hamşira öqitiladi hamda sertifikat beriladi.
Bundan taşqari, milliy raqamli soğliqni saqlaş platformasi – DMED imkoniyatlari kengaytiriladi. Platformaga bemorlarning raqamli reyestri va aholi salomatligini boşqarişni takomillaştirişga qaratilgan qöşimça vositalar kiritiladi. Uşbu yangilanişlar orqali 330 ming nafar katta yoşli aholini yurak-qon tomir kasalliklari xavfi böyiça skriningdan ötkaziş va 250 ming nafar bemorning davolaniş jarayonini yaqindan kuzatib boriş imkoniyati yaratiladi. ŞIFO-1 dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda boşqa ixtisoslaştirilgan idoralar tomonidan 2028 yil dekabrigaça amalga oşiriladi. Dasturning umumiy qiymati 525 mln dollarni taşkil etadi. Şundan 425 mln dollari Özbekiston hukumati tomonidan moliyalaştiriladi.
2 ming dollarga “prava” olib bermoqçi bölgan ayol qölga tuşdi
Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida 2 000 AQŞ dollari evaziga noqonuniy ravişda “B” toifasidagi haydovçilik guvohnomasini olib berişni va’da qilgan ayol uşlandi. Ma’lum qilinişiça, Şahrisabz tumanida yaşovçi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora beriş) bilan sudlangan ayol fuqaroga tanişlari orqali haydovçilik guvohnomasini olib berişini aytib, buning uçun 2 ming AQŞ dollari talab qilgan. U kelişilgan pulning 1 800 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Holat protsessual tartibda rasmiylaştirilgan. Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ikki viloyatda noqonuniy dori savdosi bilan şuğullanganlar uşlandi
Toşkent va Xorazm viloyatlarida dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning noqonuniy savdosi bilan boğliq holatlar aniqlandi. Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod şahri bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro umumiy bahosi 135 mln sömlik sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan 100 quti dori vositasini fuqaroga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida esa bir fuqaro ikkinçisiga 5 turdagi 28 280 dona dori vositalari va 10 500 dona şpritslarni 65,9 mln sömga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Ommaviy tadbirlarda xavfsizlik xizmati pulli bölişi mumkin
Özbekistonda ommaviy tadbirlarda xavfsizlik xizmatlari uçun taşkilotçilardan haq undiriş taklif etilmoqda. Bu haqda joriy yilning 18 noyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni ötkaziş tartib-taomillarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasida keltirilgan.
Loyihaga köra, ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta’minlaş uçun Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va soğliqni saqlaş organlari xizmatlari pulli asosda körsatiladi. Buning uçun tadbir taşkilotçisi tegişli idoralar bilan majburiy şartnoma tuzişi kerak böladi. Şartnoma ruxsatnoma olingandan keyin, tadbir boşlanişiga kamida 10 iş kuni qolganda rasmiylaştirilişi lozim.
Xizmatlar qiymati ham alohida tartibda hisoblanadi. Bir kişi-soat uçun tölov bazaviy hisoblaş miqdorining 7 foizi, ya’ni 30 800 söm etib belgilanmoqda. Şartnomaning umumiy qiymati esa bir kişi-soat qiymatining 50 foizi, aniqroq aytadigan bölsak 15 400 sömni tadbirga jalb etiladigan xodimlar yoki harbiy xizmatçilar soniga va tadbir davom etadigan soatlar miqdoriga köpaytiriş orqali aniqlanadi.
Biroq barça tadbirlar uçun bunday tölov joriy etilmaydi. Prezident, Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Hukumat hujjatlari asosida ötkaziladigan ayrim tadbirlar, köçma sirklar, dorbozlar tomoşalari hamda saylovoldi taşviqot tadbirlari uçun haq undirilmaydi.
Sud “Kokoş” va uning dugonalari işi böyiça izoh berdi
2026 yilning 13 noyabr kuni apellyatsiya sudining hukmi bilan Komila Abduqodirova, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova Jinoyat kodeksining 140 va 165-moddalarining tegişli bandlari bilan aybli deb topildi.
Komila Abduqodirova 3 yil 6 oy, Barçin Ğofurova 4 yil va Nihola Rajabova 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Şundan söng joriy yilning 18 noyabr kuni Toşkent şahar sudlari mazkur iş yuzasidan izoh berdi.
Izohda voqealar rivoji tanganing ikkinçi tomonini körsatayotganligi, yanada aniqroq aytilsa, jarrohlik amaliyoti asoratlari oqibatida öziga nisbatan moddiy va ma’naviy zarar yetkazilgan deb hisoblagan şaxs qonuniy tartiblar asosida vakolatli organga murojaat qiliş örniga masalaga qonun taqiqlagan usullar orqali “yeçim topişga” uringani aytilgan.
Qayd etilişiça birinçi instansiya sudining hukmi apellyatsiya instansiyasida bekor qilinib, sudlanuvçilarga nisbatan ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq jazo tayinlaşi ham favqulodda hodisa emas. Bu odil sudlov jarayonining ajralmas qismi bölib, ayni tartib sud hujjatidan norozi taraflarning şikoyat qiliş huquqini kafolatlaydi.
Live
Barchasi