Qozoğiston benzin va dizel eksportiga qöyilgan taqiqni uzaytirdi
Olam
−
15:37 422 2 daqiqa
Qozoğistonda benzin, dizel yonilğisi va ayrim turdagi neft mahsulotlarini avtotransport vositalari orqali olib çiqişga qöyilgan amaldagi taqiq yana olti oyga uzaytirildi. Tegişli buyruqni Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov imzolagan.
Hujjatga köra, çeklovlar joriy yil 22 noyabrdan 2027 yil 22 maygaça bölgan davrga belgilandi. Şu bilan birga, hujjatda istisnolar ham nazarda tutilgan. Çegaradan taşqariga quyidagilarni olib çiqişga ruxsat beriladi:
- ayrim turdagi surkaş moylarini;
- avtomobillarning standart baklaridagi yoqilğini – sutkasiga bir martadan köp bölmagan miqdorda;
- sohaviy idora bilan kelişilgan holda va zarur hujjatlar mavjud bölganda, tadqiqotlar va sinovlar uçun möljallangan aviatsiya yonilğisini;
- hukumat qaroriga köra insonparvarlik yordami uçun ajratilgan neft mahsulotlarini.
Xuddi şu muddatda ayrim neft mahsulotlarini temir yöl orqali olib çiqiş ham taqiqlandi. Istisnolar tasdiqlangan yetkazib beriş rejalari böyiça benzinga va hukumat qaroriga köra insonparvarlik yordami uçun möljallangan neft mahsulotlariga tatbiq etiladi.
2027 yil 1 yanvardan 30 iyungaça bölgan davrda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining bojxona hududidan taşqariga yengil distillyatlar, aviakerosin, dizel, gazoyllar, toluol, ksilol va neft bitumini olib çiqişga taqiq amal qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak avtomobil benzini eksportiga qöyilgan taqiq joriy yilning oxirigaça uzaytirilganini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi