Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylov dronlar yordamida tiklanadi
Jamiyat
−
10:18 634 2 daqiqa
Qoraqalpoğistonda yaylovlarni özlaştiriş va çorvaçilik loyihalarini amalga oşiriş uçun “Bözatov agrostar” kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniya 2030 yil yakuniga qadar 100 ming gektar yaylov maydoniga çöl ösimliklari uruğlarini dronlar yordamida ekişni ta’minlaydi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 5 noyabr kunidagi “Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga köra, joriy yilning 15 noyabrdan boşlab “Xalq banki” tomonidan “Uzagrostar xolding” kompaniyasi ta’sisçiligida alohida “Bözatov agrostar” kompaniyasi taşkil etiladi.
Yangi kompaniya çöl-yaylov ösimliklari uruğlarini granulalaş, kapsulalaş va uçuvçisiz uçiş apparatlari – dronlar yordamida ekiş işlarini amalga oşiradi.
Buning uçun 10 ta dron, ularni taşişga möljallangan maxsus avtotransport vositalari hamda ikkita granulyator xarid qilinadi. Şuningdek, mutaxassislar dronlarni boşqariş va ulardan samarali foydalaniş böyiça maxsus kurslarda öqitiladi.
2030 yilning yakuniga qadar 100 ming gektar yaylov maydonida qandim, çerkez, çöğon, baliqköz, donaşör, şuvoq, izen va boşqa çöl-yaylov şaroitiga mos ösimliklar uruğlari dronlar yordamida ekiladi.
Şuningdek, qaror bilan Qoraqalpoğistonda 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 15 aprelgaça oçiq elektron tanlovlar orqali ijaraga berilgan qişloq xöjaligi yer uçastkalari böyiça qöşimça tölovlarga imtiyoz beriladi.
Unga köra, qöşimça tölovlarning umumiy miqdori yer uçastkasining normativ qiymatidan tört baravar yoki undan yuqori bölgan ijaraçilarga uşbu tölovning normativ qiymatning bir baravariga teng qismini uç yil davomida foizsiz bölib tölaşga ruxsat etiladi.
Live
Barchasi