Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan shaxs ushlandi

3-sahifa

−

image

Andijon viloyatida fuqaro Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yashirgani aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga chiqib ketish maqsadida “Do‘stlik” chegara bojxona postining “Chiqish piyoda” yo‘nalishidagi yashil yo‘lakdan harakatlangan. U bojxona nazorati va shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan xorijiy valyuta mablag‘lari borligi aniqlangan.

Qizig‘i, jami 64 ming AQSH dollari fuqaroning paypog‘iga yashirilgan holda olib chiqilayotgan bo‘lgan. Bojxona xodimlarining sinchkovligi natijasida aniqlangan 64 ming dollar belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olingan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida qiymati 1,2 milliard so‘mdan ortiq zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tish holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing