Savdo uruşida buriliş: AQŞ va Kanada bojlarni yumşatmoqçi
Olam
−
08:40 425 3 daqiqa
AQŞ va Kanada pölat hamda avtomobillarga qöyilgan bojlarni yumşatiş böyiça kelişuv ustida işlamoqda. Tomonlar kelişuvga joriy yilning 3 noyabr kuni AQŞda bölib ötadigan oraliq saylovlargaça erişişi mumkin. Bu haqda AQŞ va Kanada rasmiylari bilan taniş manbalarga tayanib “Reuters“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, muzokaralarda Kanadadan AQŞga olib kiriladigan pölat va avtomobillarga qöyilgan bojlarni kamaytiriş masalasi muhokama qilinmoqda. Hozirda Kanada pölatiga 50 foizgaça, avtomobillariga esa 25 foiz boj qöllanmoqda.
“Reuters“ manbalarining aytişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati kelişuvga erişiş uçun Kanadadan qöşimça yon berişlarni kutmoqda. Şu bilan birga, kanadalik manbalardan biri kelişuvga saylovlargaça erişiş mumkinligini bildirgan. Biroq u barça savdo masalalarini qamrab olmasligi mumkin.
Kanada Boş vaziri Mark Karni AQŞ bilan muzokaralar jadallaşganini, ammo Kanada öz pozitsiyasini özgartirmaganini aytgan.
“Qandaydir siljişga erişilgan bölsa, bu AQŞ bizning pozitsiyamizga yaqinlaşayotgani sababli yuz berdi“, degan Karni jurnalistlarga.
Ma’lum qilinişiça, muzokaralarda AQŞ Savdo vaziri Xovard Latnik va Kanadaning AQŞ bilan savdo aloqalari uçun mas’ul vaziri Dominik LeBlan iştirok etmoqda. Ular sönggi vaqtlarda muntazam aloqada bölib kelmoqda.
Kanada hukumati vakili ikki davlat örtasida bir qator muhim masalalar böyiça muloqot davom etayotganini bildirgan. Ottava Kanada manfaatlarini hisobga oladigan va har ikki tomon uçun foydali bölgan savdo kelişuviga erişişga tayyor.
AQŞ va Kanada örtasidagi savdo muzokaralari joriy yilning avgust oyida töxtab qolgan edi. Tomonlar, jumladan, Kanada zavodlari uçun muhim bölgan örta va oğir yuk avtomobillariga qöyilgan bojlarni kamaytiriş masalasida kelişa olmagan.
AQŞ avtomobil işlab çiqaruvçilari bojlarning yumşatilişidan manfaatdor. Amaldagi çeklovlar avtomobillar va ehtiyot qismlarni ikki davlat örtasida taşiş xarajatlarini oşirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyun oyida AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kanadadan import qilinadigan qariyb 20 milliard dollarlik mahsulotlarga 50 foizlik yangi bojlar joriy etilganini e’lon qilgandi. Vaşington bu qarorni Kanadaning Amerikada işlab çiqarilgan avtomobillar, alkogol mahsulotlari va sut mahsulotlariga nisbatan “kamsituvçi siyosati“ bilan izohlagan.
Şundan söng, Kanada ham AQŞning yangi bojlariga javoban 700 ga yaqin turdagi Amerika mahsulotlariga qöşimça boj joriy qilgandi. Yangi bojlar joriy yilning 8 sentyabridan kuçga kirgandi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr