Şomurodov jamoasi superkambek namoyiş etdi
Sport
−
1207 1 daqiqa
Keça, 23 noyabr kuni “Istanbul Başakşehir” jamoasi Turkiya çempionatining 12-turida “Çorum” ustidan ğalaba qozondi. Uçraşuv 4:2 hisobida yakunlandi.
Istanbulda bölib ötgan bahsda mehmonlar 29-daqiqada Jezus Ramiresning goli evaziga hisobni oçdi. 68-daqiqada Ermin Maxmiç “Çorum”ning ustunligini ikki töpga yetkazdi.
78-daqiqada Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov mezbonlar jamoasining farqni qisqartirişiga yordam berdi. Özbekistonlik hujumçi uzoq masofadan ajoyib zarba yöllab, töpni darvozaning yuqori burçagiga joyladi. Bu gol uçraşuvning buriliş nuqtasi böldi. Şundan söng Bertyuğ Özgyur 82, 86 va 90+1-daqiqalarda xet-trik qayd etib, “Istanbul Başakşehir”ga 4:2 hisobida ğalaba keltirdi.
Uşbu ğalabadan söng “Istanbul Başakşehir” oçkolarini 20 taga yetkazgan holda 7-öringa kötarilib oldi. “Çorum” esa 16 oçko bilan 11-poğonada qolmoqda.
Live
Barçasi