Rossiya Tojikistonning XJSdan çiqiş qarorini olqişladi
Olam
−
242 2 daqiqa
Rossiya Tojikistonning Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan çiqiş töğrisidagi qarorini olqişlaydi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi huquqiy departamentining bayonotida söz boradi.
“Biz bunday qarorlarni olqişlaymiz. Xalqaro institutlar siyosiy tarafkaşlik bilan öz obrösini tökmasligi kerak”, deyiladi bayonotda.
Şuningdek, Rossiya TIV obrösi va xolisligi jiddiy şubha uyğotayotgan XJSdan uzoqlaşişni afzal körayotgan davlatlar soni tobora ortib borayotganini qayd etgan. Şuningdek, idora xalqaro sudning öz vakolatlari doirasidan çiqişiga yöl qöyib bölmasligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikiston Birlaşgan Millatlar Taşkilotini Xalqaro jinoiy suddan çiqişi haqida rasman xabardor qilgan edi. Şartnoma qoidalariga köra, respublika bir yildan söng – 2027 yil 20 noyabrda yuridik jihatdan Rim statuti iştirokçilaridan biri sifatida a’zoligini töxtatadi.
Tojikiston Rim statutini 1998 yilda imzolagan, 2000 yilda uni ratifikatsiya qilgan va 2002 yil 1 iyulda Xalqaro jinoiy sud a’zosiga aylangan. Tojikiston Sud tarkibidan çiqadigan birinçi davlat emas: Mali, Burkina-Faso va Niger 2025 yilda bunday qarorlarini e’lon qilgan. Venesuela ham uşbu jarayonni boşlagan.
Qayd etiş joiz, Tojikiston XJS hibsga olişga order bergan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni qölga olmagani ortidan xalqaro jamoatçilik, jumladan, Yevropa Ittifoqining tanqidiga uçragan edi. Putin uşbu order çiqarilgandan keyin ikki marta Tojikistonga taşrif buyurdi.
Live
Barçasi