Rossiyada qiyin vaziyatga tuşib qolgan özbekistonliklar mamlakatga qaytarildi

Olam

−

visibility162 timer1 daqiqa

image

Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk şaharlarida qiyin vaziyatga tuşib qolgan özbekistonliklar ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk şaharlarida mehnat faoliyatini amalga oşiriş davrida moddiy qiyinçiliklarga duç kelgan özbekistonliklarga amaliy yordam körsatilgan.

Xususan, sirdaryolik T.S, buxorolik M.O va namanganlik T.X hamda uning farzandlari Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan Özbekistonga qaytişi ta’minlangan.

Qayd etilişiça, mazkur kömak xorijda muşkul vaziyatga tuşib qolgan hamyurtlarimizni qöllab-quvvatlaş, ularning xavfsizligi va manfaatlarini ta’minlaş yölida amalga oşirilayotgan muhim çora-tadbirlardan biri hisoblanadi.

“Özbekistonning Vladivostok şahridagi konsullik muassasasi bundan buyon ham xorijda mehnat qilayotgan va vaqtinça istiqomat qilayotgan Özbekiston fuqarolarining murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmasdan, ularning muammolarini hal etiş, zarur hollarda tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam körsatiş işlarini izçil davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston elçixonasi kömagida Çexiyada qiyin hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing