Ukraina razvedkasi Rossiyaning yangi hujumlar tayyorlayotganini aniqladi
Olam
−
860 2 daqiqa
Ukraina razvedkasi Rossiya mamlakat hududiga yangi zarbalar berişga tayyorgarlik körayotgani haqida ma’lumot olgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ va boşqa davlatlarni bu ma’lumotlarga e’tibor qaratişga, mamlakatga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berişni ta’minlaşga çaqirdi. Bu haqda u keça, 23 noyabr kuni keçqurun videomurojaatida ma’lum qildi.
“Razvedkamizda rossiyaliklarning yangi zarbalarga tayyorgarlik körayotgani haqida ma’lumot bor”, degan Zelenskiy.
Biroq u Rossiya hujumlari qaçon amalga oşirilişi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.
Uning bildirişiça, Ukraina şaharlari va infratuzilmasini ballistik raketalardan himoya qiliş uçun zarur mudofaa tizimlarini yetkazib beriş AQŞ va boşqa davlatlarning qarorlariga boğliq.
“Bunday ogohlantirişlar AQŞ va qarorlari şaharlarimiz hamda infratuzilmamizni himoya qiliş uçun ballistik raketalarga qarşi mudofaa tizimlarini yetkazib berişga ta’sir körsatadigan boşqa davlatlarda ham inobatga olinişi muhim”, degan Ukraina Prezidenti.
“Reuters” xabariga köra, sentyabr oyidan beri Rossiya kuçlari Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlariga deyarli uzluksiz havo hujumlarini amalga oşirib kelmoqda. Keça, 23 noyabr kuni Kiyevning markaziy tumanlaridan biriga berilgan zarba oqibatida beş kişi jarohatlangan. Bir kun avval esa poytaxt atrofidagi şaharçaga uyuştirilgan hujumda 11 kişi halok bölgan.
Şuningdek, Zelenskiy 23 noyabr kuni NATO Parlament assambleyasi yiğilişida Ukrainaga bildirilgan qöllab-quvvatlaşni yuqori baholagan. Uning fikriça, bu mamlakatning alyansga a’zo bölişga munosib ekanini körsatadi.
“Eng muhimi, Ukraina NATOdan joy olişga töliq loyiq ekani, nafaqat alyansga qöşila olişi, balki uni amalda mustahkamlaşi mumkinligi tuşunilmoqda”, degan u.
Zelenskiy, şuningdek, Ukraina hamkorlik, umumiy qadriyatlar va siyosiy tamoyillar orqali allaqaçon NATOning bir qismiga aylanganini ta’kidlagan.
Rossiya esa Ukrainaning NATOga qöşilişiga doimiy ravişda qarşi çiqib kelmoqda. Moskva bu pozitsiyasini ötgan hafta Ukraina va AQŞ bilan uruşni hal qiliş böyiça uç tomonlama muzokaralar qayta boşlanganidan keyin ham takrorlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ Ukrainaga Yevropa davlatlari mablağini oldindan tölagan Patriot havo mudofaasi raketalarini ham yetkazib berişga ruxsat bermayotganini bildirgan edi.
Live
Barçasi