Tojikistonda taksiçilarning kunlik tölovi bekor qilinadi
O‘zbekiston
−
363 3 daqiqa
Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida taksi haydovçilaridan har kuni undiriladigan 100 somoniylik (130 ming sömdan ziyod) tölov bekor qilinadi. Şuningdek, yölovçi taşişni kvotalaş tizimi tugatiladi va 2027 yil 1 yanvardan ruxsatnoma olişning yangi tartibi joriy etiladi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
Yangi tartibga köra, haydovçilar işga çiqqan yoki çiqmaganidan qat’i nazar, taksi kompaniyalariga har kuni belgilangan miqdorda pul tölaşga majbur bölmaydi. Komissiyaning ta’kidlaşiça, özgarişlar ortiqça tartib-qoidalarni qisqartiriş, özini özi band qilgan haydovçilar faoliyatini qonuniylaştiriş va xizmatlar sifatini oşirişga qaratilgan. Hozirça kunlik tölovni undiriş qaçon töxtatilişi va yangi şartlar böyiça haydovçilar kompaniyalarga qança tölaşi ma’lum qilinmagan. Ruxsatnoma oliş uçun arizalar 2027 yil 1 yanvardan Yagona davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Tegişli qaror keça, 23 noyabr kuni Duşanbe meri Rustam Imomali raisligida ötkazilgan Raqamli islohotlarni joriy etiş böyiça davlat komissiyasi yiğilişida qabul qilingan.
Tölov nima uçun joriy etilgan?
Duşanbeda avvallari umumiy parki qariyb 4,3 mingta avtomobildan iborat 12 ta taksi kompaniyasi işlagan. Haydovçilarning aytişiça, ular ilgari kompaniyalarga daromadlarining taxminan 10 foizini tölab kelgan. Biroq 2025 yilda “Jura” ilovasiga ötilganidan keyin tölov tizimi özgargan va haydovçilardan har kuni qat’iy 100 somoniy talab qilina boşlangan. Bu summa ularning kunlik tuşumiga boğliq bölmagan. Hatto kasal bölib yoki boşqa sabab bilan işga çiqmagan kunlari ham haydovçilar tölov qilişga majbur bölgan.
Bundan taşqari, köplab haydovçilar avtomobillari uçun olgan kreditlarini ham tölaşda davom etgan. Ular bunday tizimni adolatsiz deb hisoblab, şaroit özgarmasa, haydovçilarning bir qismi bozorni tark etişi mumkinligidan ogohlantirgan.
2026 yil iyul oyida Rustam Imomali transport masalalari böyiça örinbosari, Transport vazirligi va boşqa tegişli idoralarga kunlik tölovni bekor qiliş masalasini işlab çiqişni topşirgan.
Öşa vaqtda Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim tölov miqdori haydovçi va taksi kompaniyasi örtasidagi şartnoma asosida belgilanişini aytgan. Şuningdek, amaldagi qoidalarga köra, ilova orqali kelgan buyurtmalarni tört marta rad etgan haydovçi tizimdan vaqtinça uzib qöyilişi va unga yangi buyurtmalar körsatilmasligini bildirgan.
Şu davrda yölovçilar ham ertalab va keçqurun taksi topiş qiyinlaşganidan şikoyat qilgan. Ularning aytişiça, tiğiz vaqtlarda operatorlar böş maşinalar yöqligini ma’lum qilgan, haydovçilar esa buyurtmalarni tez-tez bekor qilgan.
Live
Barçasi