Putin Rahmon bilan 201-harbiy baza faoliyatini muhokama qildi
Olam
−
18:16 204 3 daqiqa
Bugun, 20 noyabr kuni Tojikiston va Rossiya Prezidentlari Imomali Rahmon hamda Vladimir Putin Duşanbeda muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvning asosiy mavzulari qatoridan mehnat migratsiyasi, mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik örin oldi. Bu haqda Tojikiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Rossiya – bizning strategik şerigimiz va işonçli ittifoqçimiz, ikki mamlakat munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda”, deydi Rahmon uçraşuv avvalida.
U Rossiyani Tojikistonning boş savdo-iqtisodiy hamkori deb atagan hamda mamlakatlar madaniy-gumanitar soha va xavfsizlik yönalişida aloqalarni rivojlantirayotganini ta’kidlagan.
Rossiya Prezidenti, öz navbatida, mazkur uçraşuv “KXŞT doirasidan taşqarida” alohida tartibda mintaqaviy xavfsizlik va 201-Rossiya harbiy bazasi faoliyatini muhokama qiliş imkonini berganini qayd etgan.
U muzokaralarning asosiy masalalaridan biri sifatida iqtisodiy hamkorlikni tilga olgan. Uning sözlariga köra, Tojikiston bilan Rossiyaning 70 dan ortiq hududlari hamkorlik qilmoqda.
“Ötgan yili tovar ayirboşlaş hajmining ösişi 25 foizdan oşdi, joriy yilning töqqiz oyida esa qariyb plyus 19 [foiz]ni taşkil etdi. Yaxşi sur’at, men sizga Rossiya–Tojikiston munosabatlarini rivojlantirişga e’tibor qaratayotganingiz uçun minnatdorlik bildirmoqçiman”, deydi Putin.
Muzokaralarda tomonlar energetika, sanoat, foydali qazilmalarni qazib oliş, qişloq xöjaligi va transport sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan. Ikki davlat rahbarlari, şuningdek, investitsiyalarni köpaytiriş hamda sun’iy intellekt, elektron davlat xizmatlari va kiberxavfsizlik sohalarida birgalikda işlaşdan manfaatdor ekanliklarini bildirgan.
Prezidentlar mehnat migratsiyasi masalalarini bundan buyon ham hal etib boriş muhimligini ta’kidlagan. Aynan qaysi masalalar haqida söz borganiga aniqlik kiritilmagan.
Gumanitar sohada Rahmon va Putin ta’lim, fan va madaniyat yönalişidagi hamkorlikni, jumladan, Duşanbeda Iqtidorli bolalar xalqaro markazi va Mayakovskiy nomidagi Rus drama teatri qurilişini muhokama qilgan. Putin, şuningdek, Rahmonga rus tilini rivojlantirişga qaratayotgan e’tibori uçun minnatdorlik bildirgan.
Tomonlar mintaqadagi vaziyat, terrorizm, ekstremizm, kibertahdidlar va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişiga qarşi kuraş masalalarini körib çiqqan. Prezidentlar ikki mamlakat huquq-tartibot organlari, maxsus xizmatlari va mudofaa idoralarining özaro hamkorligini yuqori baholagan.
Ma’lumot uçun, hozirgi kunda Markaziy Osiyoda eng yirik va doimiy harbiy iştirokka ega bölgan mamlakat Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi. Tojikistonda Rossiyaning mamlakat taşqarisidagi eng yirik harbiy ob’ekti — 201-harbiy baza joylaşgan (Duşanbe va Boxtar şaharlarida). Bundan taşqari, Tojikistondagi Norak şahri yaqinida Rossiya kosmik qöşinlariga tegişli “Okno” optik-elektron nazorat tizimi faoliyat yuritadi. Qirğizistonda esa Rossiyaning Kant şahridagi birlaşgan aviabazasi mavjud bölib, u KXŞT Tezkor javob qaytariş kuçlarining havo komponentlarini ta’minlaydi.
Eslatib ötamiz, Vladimir Putin bugun, 20 noyabrga ötar keçasi amaliy taşrif bilan Tojikistonga yetib borgan edi.
Live
Barchasi