Putinning Xitoydagi “yadroviy çamadoni”: u nima uçun kerak va içida nima bor? (video)

Bu qiziq

−

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga taşrifi çoğida uning “yadroviy çamadoni” közga taşlandi. Uni davlat rahbari ortidan kim olib yuradi, u nima uçun kerak va içida nima bor? “News.ru” şu haqda yozdi. 

Putinning Xitoyga taşrifi vaqtida uning “yadroviy çamadoni” körindi. Jurnalist Yevgeniy Popov Şençjendagi sammit davomida öziga xos keysga e’tibor qaratdi. Uni Rossiya Prezidentining zobitlaridan biri olib yurgan edi. Jurnalist undan qölidagi “yadroviy çamadon” ekanligini tasdiqlaşni söradi.

“Ha, öşa”, deya javob berdi zobit jurnalistning savoliga.

Rossiya Prezidenti ortidan uning “yadroviy çamadonini” aynan kim olib yurişi oşkor etilmaydi. Qator OAVlarning yozişiça, uşbu qurilmalarni Strategik maqsadli raketa qöşinlari (SMRQ) Markaziy qömondonlik punkti ofitserlari tarkibidan şakllantiriladigan maxfiy “K” xizmati ofitserlari olib yuradi.

Rossiya oliy rahbariyatida jami uçta “yadroviy çamadon” mavjud: Oliy Boş qömondonda (Rossiya Prezidentida), Mudofaa vazirida va Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliğida. Bunda aynan Prezident qurilmasi asosiy rol öynaydi. Barça uçta “yadroviy çamadon” uçun zaxira qurilmalar ham mavjud.

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoyning Şençjen şahridagi APEC sammitiga olib borgan “yadroviy çamadon” mamlakat harbiy qudratini namoyiş etiş vositasiga aylangan bölişi mumkin”, deya ma’lum qilgan “News.ru” naşriga Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universitetining siyosatşunoslik professori Aleksandr Şatilov. 

Uning fikriça, bunday qurilmaning paydo bölişi xalqaro keskinlik fonidagi diplomatik signalning bir qismi sanaladi.

“Katta ehtimol bilan, APEC sammitida “yadroviy çamadon”ning paydo bölişi – bu muayyan protsessual elementdir. Odatda Rossiya Prezidenti yadroviy tugmadan ajralmaydi va “X soati” kelgan taqdirda yakuniy qaror unga tegişli böladi. Odatda bu çamadonni unçalik köz-köz qilmaslikka harakat qilişadi. Lekin, ehtimol, bu yerda bu mavzuni “hamkorlar” Rossiyaning yadroviy maqomini eslaşlari uçun ataylab kötarişgandir. Biz bilan hisoblaşiş kerak. Mening nazarimda, bu – bizning duşmanlarimizga aylanmaslik kerakligi haqidagi signaldir”, deb hisoblaydi Şatilov.

“Yadroviy çamadon” qanday yasalgan, uning içida nima bor?

“Yadroviy çamadon”ning aniq tuzilişi qat’iy sir saqlanadi. Ma’lumki, u “Kazbek” yoki “Kavkaz-7” nomi bilan tanilgan strategik yadroviy kuçlarni avtomatlaştirilgan boşqariş tizimining (ABT) köçma abonent terminali (“Çeget” şifri) hisoblanadi.

“Yadroviy çamadon” ölçami 30 ga 40 sm va qalinligi taxminan 10 sm bölgan qora keys körinişida. U şifrli qulfi bilan birga taxminan 10 kg toş bosadi. Dastlab SSSRda bunday keyslar qat’iy ravişda mahalliy materiallardan tayyorlangan, biroq keyinçalik bu talablar olib taşlangan. Masalan, Rossiyaning birinçi prezidenti Boris Yelsinning keysi Samsonite firmasi tomonidan işlab çiqarilgan.

“Çeget” tizimining abonent terminali konferens-aloqaga ega telefon apparati hisoblanadi. Aslida u yerda heç qanday “qizil tugma” yöq. Keys içida şifrlangan aloqa tizimi joylaşgan bölib, u sun’iy yöldoş orqali Boş ştabdagi boşqaruv qömondonlik punkti va zaxira punktlari bilan boğlaniş hamda zarurat tuğilganda yadroviy zarba beriş töğrisida buyruq beriş imkonini beradi.

“Yadroviy çamadon” aslida nima uçun kerak, u qaçondir qöllanilganmi?

SSSR Qurolli kuçlari Boş ştabi muhandislarga 1970 yillarda yadro qurolini markazlaşgan holda boşqariş tizimini işlab çiqiş böyiça taktik-texnik topşiriq bergan. Öşa paytda Pentagon Yevropada eng yangi Pershing 1a va Pershing II turidagi raketalarning bir neçta batareyalarini işlab çiqqan va joylaştirgan. Natijada ularning Sovet Ittifoqi hududigaça uçib boriş vaqti 14 daqiqadan 7 daqiqagaça qisqargan.

“Yadroviy çamadon” yaratuvçilaridan himoyalangan aloqa tizimining barça zarur elementlarini kiçik korpus içiga joylaştiriş talab etilgan. Bunda boşqaruvni maksimal darajada soddalaştiriş zarur edi: taqdirni hal qiluvçi qaror qabul qilinişi kerak bölgan “X lahzasi”da davlat rahbari yoki qurolli kuçlar qömondoni kuçli stress holatida bölişi mumkin. U barça zarur harakatlarni bajarişga va buyruq berişga qodir bölişi kerak.

“Yadroviy çamadonlar” tizimi qanday işlaşi haqidagi ma’lumot davlat siri hisoblanadi. Taxminlarga köra, egasi faqat öziga ma’lum bölgan şifrni kiritişi kerak, bu esa raketalarni uçiriş imkoniyatini blokdan çiqaradi. Agar kerakli buyruq kelib tuşmasa, Rossiyada “Ölik qöl” nomi bilan tanilgan avtomatik javob zarbasi tizimi mavjud.

Rossiya tarixida “yadroviy çamadon” jangovar rejimga ötkazilgan yagona holat 1995 yil 25 yanvarda sodir bölgan. Norvegiyadagi poligondan tadqiqot raketasi uçirilgan va u yangliş tarzda Amerikaning Trident ballistik raketasi sifatida aniqlangan. Mudofaa vaziri Pavel Graçyov va Boş ştab boşliği Mixail Kolesnikov bilan boğlangan Prezident Yelsin “yadroviy çamadon”ni işga tuşirgan. Tez orada vaziyatni yumşatişga muvaffaq bölingan va bekor qiliş signali uzatilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing