Putin Yevropani “siyosiy diareya”da aybladi
Olam
−
20:26 1032 3 daqiqa
Qator davlatlarda amaldagi rahbarlar saqlanib qolgan taqdirda, Yevropa Rossiya bilan munosabatlarni tiklay olmaydi. Bu haqda bugun, 19 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin APEC sammiti doirasida XXR Raisi Si Szinpin va AQŞ yetakçisi Donald Tramp bilan ötkazilgan uç tomonlama uçraşuv yakunlari böyiça matbuot anjumani çoğida söz oçdi.
“Ayrim Yevropa mamlakatlarida siyosiy elitalar almaştirilmasa, munosabatlarni tölaqonli normallaştiriş uçun biror narsa qilişning iloji bölmasa kerak”, deydi u.
Putin Yevropa yetakçilarining Rossiya tahdidi haqidagi bayonotlarini tanqid qilgan.
“Bu siyosiy diareyani töxtatiş kerak. Ular Yevropaga qandaydir hujumlar haqida nimalar deb gapirişyapti? Axir hamma tuşunadiki, biz Yevropa bilan uruşişga intilmayapmiz, bu qanaqa safsata”, deya ğazablangan u.
Şu bilan birga, Putin Moskva diplomatik kanallar orqali yevropaliklarga Rossiyaga keliş va mintaqada xavfsizlikni ta’minlaş borasidagi öz pozitsiyasini belgilab olişni taklif qilganini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, Yevropaning Ukraina masalasini tartibga solişdagi iştiroki şunga boğliq böladi.
“Yevropa uşbu muzokaralarga nima bilan kelişini tuşunişimiz kerak. Şundan söng, biz Ukraina bilan muloqotni qaysi formatda davom ettirişimizni hal qilamiz”, deydi Putin.
Ayni paytda u Rossiya avvalgidek Ukrainada har qanday xorijiy qöşinlarning joylaştirilişiga qarşi ekanini ta’kidlagan va YeI uruş tugaganidan keyin u yerga qöşin yuborişni doimiy ravişda va’da qilayotganidan norozilik bildirgan.
Qayd etiş joiz, avvalroq NATO Boş kotibi Mark Ryutte Alyans a’zolarini 2028–2029 yillarda Rossiya bilan ehtimoliy uruşga tayyorgarlik körişga çaqirgan. Bunday ssenariy haqida Yevropa mamlakatlari yetakçilari, harbiy qömondonlari va maxsus xizmatlari ham ogohlantirib, taxminiy sana sifatida 2030 yilni körsatgan. Amerika razvedkasida esa Putin Alyansning şarqiy qanotidagi mamlakatlardan biriga “çeklangan hujum” uyuştiriş orqali “NATOning qat’iyatini sinab körişga” tayyorlanayotgani bildirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Andrey Belousov esa “yaqin ön yillikda” Yevropada NATO bilan harbiy töqnaşuv bölişi mumkinligini istisno etmagan. Amerikaning Uruşni örganiş instituti (ISW) tahlilçilarining baholaşiça, hozirgi vaqtda Rossiyada alyans bilan mojaroga tayyorgarlikning “nolinçi bosqiçi” ketmoqda va bu doirada Moskva Yevropada gibrid operatsiyalarni kuçaytirmoqda.
Joriy yilning avgust oyida sun’iy yöldoş tasvirlari Rossiya hududida Şimoliy Atlantika bloki mamlakatlari çegaralari yaqinida dronlarni uçiriş uçun 10 ta yangi baza barpo etilganini aniqlagan. Şu bilan birga, “The New York Times” manbalarining aytişiça, 2025 yil dekabr oyida bölib ötgan maxfiy yiğilişda Putin maxsus xizmatlar va harbiylar oldiga “NATO va YeIni içidan parçalab taşlaş” vazifasini qöygan.
Live
Barchasi