Mudhiş fojia: maktab yaqinidagi portlaşda 7 kişi halok böldi (video)
Olam
−
3257 1 daqiqa
Bugun, 28 noyabr kuni Afğonistonning Kunar viloyatidagi maktab yaqinida sodir bölgan portlaş oqibatida 7 kişi halok böldi, 90 nafardan ortiq kişi tan jarohati oldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, portlaş viloyat markazi Asadobod şahri çekkasidagi Andar Ser hududida joylaşgan maktab yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, portlaş maktabga qöşni hududda konçilik kompaniyalariga tegişli portlovçi moddalar saqlanadigan omborda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bölgan.
Kunar viloyati madaniyat va axborot boşqarmasi rahbari Sami ul-Haq Bayonning ma’lum qilişiça, jarohatlanganlarning 15 nafari şifoxonada qoldirilgan, boşqalarga tibbiy yordam körsatilganidan söng uyiga javob berilgan.
Hozirda hodisa yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston Afğoniston şarqi va janubiga zarbalar bergandi. Oqibatda töqqiz kişi qurbon bölgan.
Live
Barçasi