Afğonistonda ayollarni davolagan erkak şifokorlar qamalişi mumkin
Olam
−
19:26 298 3 daqiqa
Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati erkak şifokorlarga ayol bemorlarni, hatto şoşilinç holatlarda ham, mahramisiz körikdan ötkaziş va davolaşni taqiqlamoqda. Talabni buzgan şifokorlar qamoqqa olinişi, klinikalarda esa reydlar ötkazilişi mumkin. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Jurnalistlar Afğonistonning turli hududlarida yaşovçi ayollar va tibbiyot xodimlari bilan suhbatlaşgan. Ularning aytişiça, “Tolibon”ning ezgulikni tarğib qiliş va illatlarning oldini oliş vazirligi erkak stomatologlarga ayollarni davolaşni taqiqlovçi körsatmalar bergan. Bunday çeklov rasman e’lon qilinmagan bölsa-da, mamlakat böylab amalda qöllanilayotgani qayd etilgan.
Xususan, Hirot şahrida yaşovçi 37 yoşli Farida ismli ayol tişlarini davolatiş uçun xususiy klinikaga murojaat qilgan. U bir neça marta muolaja olgan va davolaniş xarajatlarini oldindan tölagan. Biroq implant örnatilişi kerak bölgan navbatdagi taşrifida klinika xodimlari uni davolaşni davom ettira olmasligini bildirgan.
Şifokorlar bunga “Tolibon” tomonidan erkak stomatologlarning ayol bemorlarni davolaşi taqiqlangani sabab bölganini tuşuntirgan. Oradan uç oy ötgan bölsa-da, Faridaning davolanişi yakunlanmagan.
Şimoliy Afğonistondagi davlat şifoxonasida 15 yildan beri işlayotgan jarroh Samimning aytişiça, erkak şifokorlarga ayollarni bevosita körikdan ötkaziş taqiqlangan. Hatto bemorning ahvoli oğir yoki muolaja oddiy bölişi ham bu talabni özgartirmaydi. Ayrim holatlarda davolaniş uçun ayolning yonida mahrami bölişi yoki muolajani ayol hamşira bajarişi talab etiladi.
Çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilgan. Balx viloyatida may oyida şifoxonalar, xususiy klinikalar va tibbiyot muassasalariga ayol bemorlarni ismi bilan çaqirmaslik, ularning örniga “Bibi” sözidan foydalaniş haqida körsatma berilgani xabar qilingan. Bu talab tibbiy retseptlarga ham taalluqli ekani aytilgan.
Şuningdek, 2024 yilning dekabridan boşlab afğonistonlik ayollarning tibbiyot institutlarida tahsil olişi taqiqlangan. Naşrlar suhbatlaşgan şifokorlarning aytişiça, şifoxonalarga ayol xodimlarni işga qabul qilmaslik böyiça ham körsatmalar berilgan. Amaliyotda qolayotgan ayol şifokorlardan esa iş joyiga mahram bilan keliş talab qilinmoqda.
Oqibatda ayollar malakali tibbiy yordam olişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Ular malakali şifokor topolmasa, talabga javob bermaydigan tibbiyot xodimlariga murojaat qiliş yoki kasallik bilan yaşaşga majbur bölmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistonda töylar va boşqa bayram tadbirlarida odamlarning osoyiştaligini buzuvçi vositalardan foydalaniş, ya’ni muşakbozlik qiliş taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi