Toşkentda qariyb 23 ming şaxs yölkira tölamagani uçun kamida 2 marta jazolandi
O‘zbekiston
−
20:13 418 1 daqiqa
Toşkent şahridagi avtobuslarda çiptasiz yurgan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta jarimaga tortildi. Bu haqda Toşkent şahar transport boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2025 yilning oktyabridan joriy yilning 10 noyabriga qadar poytaxt avtobuslarida yöl haqini tölamaslik holatlari böyiça jami 170 ming 937 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Uşbu davrda takroran jarimaga tortilgan 22 929 nafar yölovçining 17 327 nafari ikki marta, 4 033 nafari uç marta, 1 099 nafari tört marta javobgarlikka tortilgan. Şuningdek, 461 nafar yölovçi beş tadan töqqiz martagaça, yana 9 nafari esa ön va undan ortiq marta jarimaga tortilgan.
Qayd etilişiça, yöl haqini tölamagan yölovçilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasi (Transportda çiptasiz yuriş) 5-qismiga asosan jarima qöllaniladi. Har bir yangi huquqbuzarlik uçun yana ma’muriy jarima belgilanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida jamoat transportidan yöl haqini tölamasdan foydalangan 79 mingdan ortiq yölovçiga nisbatan ma’muriy çora körilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi