Pokistonda mikroavtobus daryoga quladi. Önlab qurbonlar bor
Olam
−
09:50 314 1 daqiqa
Pokistonning şimoliy qismida yölovçi mikroavtobusi toğli hududdagi yöldan çiqib ketib, daryoga qulaşi oqibatida 11 kişi halok böldi, yana 3 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa keça, 12 noyabrga ötar keçasi Gilgit-Baltiston mintaqasida sodir bölgan. Mahalliy politsiya vakili Muhammad Afzalning aytişiça, haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida mikroavtobus yöldan çiqib ketgan.
Qutqaruvçilarning sözlariga köra, bugun, 13 noyabr kuni tonggaça davom etgan qidiruv-qutqaruv işlari davomida halok bölgan 11 kişining jasadi va jarohatlangan uç nafar fuqaro topilib, yaqin atrofdagi şifoxonaga olib borilgan.
Mintaqa rahbari Amjad Husayn yöl-transport hodisasi munosabati bilan çuqur qayğu bildirgan va mas’ullarga jarohatlanganlarga eng yaxşi tibbiy yordam körsatişni topşirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Manisa viloyati Oqhisor tumanida sayyohlik avtobusi yuk maşinasi bilan töqnaşişi oqibatida 11 kişi halok bölib, 27 kişi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr