Haydovçisi yurak xurujiga uçragan mikroavtobus dengizga quladi. Qurbon bor
Olam
−
12:15 219 2 daqiqa
Turkiyaning Balikesir viloyati Ayvalik tumanida haydovçisi yurak xurujiga uçragan mikroavtobus dengizga quladi. Oqibatda 31 yoşli haydovçi halok böldi, 10 nafar yölovçi, jumladan, bir çaqaloq jarohatlandi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa joriy yilning 16 noyabr kuni soat 12:30 atrofida Otaturk bulvarining 06-meki hududida sodir bölgan. Ayvalik–Sarimsakli yönalişida qatnayotgan mikroavtobus haydovçisi Batuxon Yilmaz rulda ketayotib yurak xurujiga uçragan. Oqibatda u transport vositasi boşqaruvini yöqotgan va mikroavtobus yölovçilari bilan birga qirğoqdan dengizga qulagan.
Voqeani körgan fuqarolar yölovçilarni qutqarişga şoşilgan. Mikroavtobus suvga bota boşlagaç, içkarida qolganlarni çiqariş uçun qirğoqdan transport vositasiga narvon uzatilgan.
Xabar berilişi bilan voqea joyiga tez tibbiy yordam, yonğin xavfsizligi, Sohil xavfsizligi va politsiya xodimlari yetib kelgan. Qutqaruvçilar fuqarolar kömagida haydovçi va yölovçilarni suvdan olib çiqqan. Haydovçiga voqea joyida birinçi tibbiy yordam körsatilgan, biroq uni saqlab qolişning imkoni bölmagan.
Hodisa oqibatida jarohatlangan 10 nafar yölovçi, jumladan, bir çaqaloq Ayvalik davlat şifoxonasiga yotqizilgan. Ularning ahvoli yaxşi ekani bildirilgan. Dengizga qulagan mikroavtobus keyinçalik yuk krani yordamida suvdan çiqarilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Florida ştati Mayami şahri yaqinida kiçik vertolyot suvga qulagan edi. Hodisa oqibatida uçuvçi halok bölib, vertolyotdagi yana ikki kişi oğir jarohatlangan edi.
Live
Barchasi