Indoneziyada poyezd mikroavtobus bilan töqnaşib ketdi. Qurbon bor

Olam

−

image

Indoneziyada Siantar – Medan yönalişida harakatlangan yölovçi poyezdi mikroavtobus bilan töqnaşdi. Hodisa oqibatida mikroavtobus haydovçisi halok böldi, 3 nafar poyezd xodimi jarohatlandi. Bu haqda CNN Indonesia xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, yöl-transport hodisasi keça, 20 noyabr kuni Şimoliy Sumatra provinsiyasining Simalungun okrugi, Tapian Dolok tumani, Sinaksak hududida sodir bölgan. Poyezd Siantar va Medan stansiyalari örtasida harakatlanayotgan vaqtda mikroavtobus bilan töqnaşgan.

Simalungun politsiyasi boşliği Hendri Barusning ma’lum qilişiça, mikroavtobus haydovçisi halokat oqibatida vafot etgan. Uning şaxsi hozirça aniqlanmagan. Haydovçining jasadi transport vositasi içida qisilib qolgan bölib, qutqaruvçilar uni olib çiqiş işlarini olib borgan.

Töqnaşuv oqibatida poyezdning 3 nafar xodimi ham jarohatlangan. Ular Pematang Siantar şahridagi Murni Teguh şifoxonasiga yetkazilgan. Poyezdda Siantar stansiyasidan yölga çiqqan 264 nafar yölovçining barçasi omon qolgan.

Hodisa taxminan soat 16:00 da yuz bergan. Töqnaşuvdan keyin poyezd lokomotivi kuçli alanga içida qolgan, mikroavtobus esa bir neça kilometr sudralib ketgan va butunlay yonib ketgan.

Voqea joyiga öt öçiriş xizmati, politsiya hamda mahalliy aholi jalb etilgan. Ular yonğinni öçiriş va transport vositalarini evakuatsiya qiliş işlarini olib borgan. Ayni paytda hodisa yuzasidan suriştiruv işlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokistonning janubi-ğarbidagi Balujiston viloyatida yölovçi avtobusi suyultirilgan gaz (LPG) taşiyotgan yuk maşinasi bilan töqnaşib, yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing