Indoneziyada neft zavodida portlaş yuz berdi. Qurbon bor
Olam
−
10:37 194 1 daqiqa
Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasidagi neftni qayta işlaş zavodida yuz bergan portlaş oqibatida bir nafar işçi halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa keça, 18 noyabr kuni Cepu tumanida joylaşgan, mamlakat Energetika vazirligi nazoratidagi neftni qayta işlaş zavodida sodir bölgan. Portlaş zavod ta’mirlaş işlari sababli faoliyatini töxtatgan vaqtda, rezervuarlardan birida yuz bergan.
Portlaş oqibatida jarohatlangan işçi keyinçalik vafot etgan. Hodisadan söng yonğin kelib çiqqan, biroq öt öçiruvçilar uni nazorat ostiga olgan. Şuningdek, hududda sovitiş işlari amalga oşirilgan.
Mamlakat Energetika va mineral resurslar vazirligi hodisa sabablarini aniqlaş böyiça tekşiruv boşlanişini bildirgan. Hozirda zavoddagi vaziyat nazorat ostida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Izmir viloyati Aliağa tumanidagi metallurgiya zavodida yuz bergan portlaş oqibatida halok bölganlar soni 17 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi