Indoneziyada 90 yildan beri körinmagan zaharli primatlar topildi

Bu qiziq

−

image

Indoneziyaning Banka orolida qariyb 90 yildan beri yovvoyi tabiatda körinmagan Banka sekin lorisi mavjudligini tasdiqlovçi 90 dan ortiq dalil töplandi. Bu haqda oroldagi Alobi Wildlife Rescue Center hayvonlarni qutqariş markazi mutaxassislari ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, olimlar 1937 yildan buyon uşbu primatni yovvoyi tabiatda kuzatmagan. Banka sekin lorisi katta közli, tunda faol böladigan kiçik primat hisoblanadi. Uning öziga xos jihati şundaki, hayvon zaharli tişlaş xususiyatiga ega.

Uning bilaklari içki qismida maxsus suyuqlik ajratadigan bezlar joylaşgan. Xavf tuğilganda hayvon uşbu suyuqlikni yalab, sölagi bilan aralaştiradi. Natijada uning tişlaşi zaharli bölib qoladi. Bu odamda kuçli allergik reaksiya, hatto hayot uçun xavfli anafilaktik şokka sabab bölişi mumkin. Sekin lorilar zaharli sutemizuvçilarning kam sonli turlaridan biri hisoblanadi.

Şunga qaramay, olimlar uşbu turning kelajagidan xavotirda. Banka sekin lorisi faqat maydoni qariyb 12 ming kvadrat kilometr bölgan Banka orolida yaşaydi. Orolda taxminan bir million kişi istiqomat qiladi.

Foydali qazilmalarni qazib oliş, örmonlarning kesilişi va aholi punktlarining kengayişi oqibatida hayvonlarning tabiiy yaşaş muhiti qisqarib bormoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar Misrdagi Buyuk Sfinks va Giza ehromlari qurilişida işlatilgan ohaktoş qatlamidan topilgan qoldiqlarni qayta örganib, taxminan 45 million yil avval yaşagan timsohning yangi turini aniqlagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing