“Z” avlodning namoyişlari ortida yaşiringan kapitalizm va demokratiya inqirozi

Tahlil

−

image

Bugun dunyoning turli nuqtalarida bir-biridan minglab kilometr uzoqlikda yaşaydigan, turli tillarda gaplaşadigan va turli siyosiy tizimlarda voyaga yetgan yoşlarni bir umumiy kayfiyat birlaştirmoqda – norozilik. Parij, Madrid, Belgrad, Katmandu yoki Nayrobi köçalarida yangrayotgan şiorlar ortida faqat hukumatlarga qarşi ğazab emas, balki butun bir avlodning kelajakka nisbatan sönib borayotgan işonçi ham mujassam. Uy-joyning qimmatligi, işsizlik, korrupsiya, siyosiy elitaga işonçsizlik va ijtimoiy tengsizlik kabi muammolar bugun ularni virtual olamdan real hayotga çiqişga majbur qilyapti.

Xöş, zumerlar özi nima istamoqda?

“Oçközlikka” qarşi kuraş

Korrupsiya – bugun zumerlarni köçaga çiqişga majbur qilayotgan, ularning demokratiyaga, hukumatga, umuman, kelajakka işonçini susaytirişiga sabab bölayotgan muammolardan biri. Çunki yoşlar uçun amaldorlarning davlat byudjetini özlaştirişi şunçaki moliyaviy jinoyat emas, balki ularning kelajagidan öğirlangan imkoniyatlar demakdir. Davlat xazinasidan millionlab dollarlar mansabdorlarning “çöntagiga oqib ketayotgani” ortidan maktablar ta’mirtalab, şifoxonalar mablağsiz, yoşlar esa munosib iş va uy-joy topiş ilinjida sarson bölib qolmoqda. Bunday manzara jamiyatda adolatsizlik hissini kuçaytiradi. Oddiy fuqaro kun keçirişga qiynalayotgan bir paytda davlat amaldorlarining haşamatga burkanib yaşaşi, ustiga-ustak, buni köz-köz qilişi ayniqsa yoşlarning könglida isyonkor ruhni uyğotadi.

2025 yilda Nepalda boşlangan yoşlar noroziligiga aynan şunday tafovutlardan biri turtki bölgan edi. Siyosatçilarning farzandlari – internetda “nepo kids” deb ataladigan yoşlarning qimmatbaho sovğalar, haşamatli avtomobillar va dabdabali turmuş tarzini namoyiş etişi ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bölgan. Bir tomonda işsizlik va iqtisodiy beqarorlikdan aziyat çekayotgan yoşlar, ikkinçi tomonda esa siyosiy aloqalar orqali imtiyozlardan foydalanayotgan elita vakillari. Bu tasvirlar şunçaki hasad emas, balki mamlakatdagi imkoniyatlar kimlar uçun yaratilayotgani haqidagi jiddiy savolni kun tartibiga olib çiqdi. “Journal of Democracy” tahlil markazi ma’lumotiga köra, Nepalda yoşlar işsizligi qariyb 20 foizni taşkil etgan. Bunday şaroitda siyosiy elitaning dabdabali hayoti va oddiy aholining kundalik muammolari örtasidagi tafovut norozilik uçun kuçli omilga aylangan.

Indoneziyada esa noroziliklarga parlament a’zolariga beriladigan imtiyozlar sabab böldi. Parlamentariylarga ajratilgan oylik uy-joy kompensatsiyasi mamlakatdagi eng kam iş haqidan bir neça barobar yuqori ekani haqidagi xabarlar jamoatçilikning keskin noroziligini keltirib çiqardi. Davlat vakillari iqtisodiy qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan fuqarolarning vakili böliş örniga, özlari uçun alohida qulayliklar yaratmoqda, degan qaraş kuçaydi. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda boşlangan norozilik köçalarga köçdi.

Serbiyada esa korrupsiya va davlat nazorati masalasi insonlar hayoti bilan boğliq fojia ortidan yanada keskinlaşdi. 2024 yil 1 noyabr kuni Novi-Sad temir yöl vokzalidagi beton soyabonning qulaşi oqibatida 14 kişi halok böldi, keyinçalik qurbonlar soni 15 nafarga yetdi. Talabalar va boşqa namoyişçilar fojiaga quriliş va ta’mirlaş jarayonlaridagi korrupsiya, nazoratning sustligi hamda mansabdorlarning mas’uliyatsizligi sabab bölganini ta’kidlab, aybdorlarni javobgarlikka tortişni talab qildi.

Bu misollarning barçasida umumiy jihat bor: yoşlar faqat öğirlangan pul yoki mansabdorlarning noqonuniy imtiyozlariga qarşi çiqmayapti. Ular korrupsiya tufayli özlariga tegişli bölişi kerak bölgan imkoniyatlardan mahrum etilayotganini his qilmoqda. Çunki davlat mablağlari talon-toroj qilinsa, buning oqibatini oxir-oqibat oddiy fuqaro sifatsiz ta’lim, qimmat tibbiy xizmat, işsizlik va xavfsiz bölmagan infratuzilma şaklida tölaydi. Zumerlar uçun esa bu şunçaki bugungi kun muammosi emas – ularning ertangi hayotiga qöyilgan tösiqdir.

Gerontokratiya va ijtimoiy davlat inqirozi

Yana bir muhim muammo – siyosiy tizimlarda gerontokratiyaning, ya’ni davlat boşqaruvida katta yoşli avlod vakillarining ustunligi va yoşlarning qaror qabul qiliş jarayonlaridan çetda qolişidir. Bugun dunyoning köplab mamlakatlarida aholining katta qismini yoşlar taşkil etsa-da, ularning taqdiri va kelajagiga bevosita ta’sir qiladigan qarorlarni asosan ança katta yoşdagi siyosiy elita qabul qiladi. Muammo rahbarlarning yoşi kattaligida emas, balki hokimiyatning bir avlod qölida uzoq vaqt töplanib qolişi, yangi qaraşlar va yoşlarning siyosiy vakilligi uçun yetarli imkoniyat yaratilmayotganidadir. Natijada yoşlar öz hayotiga daxldor masalalarda ham ovozlari eşitilmayotganini, siyosiy tizim esa ularning ehtiyojlariga moslaşişni istamayotganini his qilyapti.

Gerontokratik (qariyalar hokimiyati) siyosiy tizimlar yoş avlodni öz hayotiga ta’sir qiluvçi qarorlar qabul qilinadigan siyosiy maydondan çetlaştiradi. Buning oqibatida siyosat yoşlarga imkoniyat va ularning manfaatlarini himoya qiladigan vosita emas, balki özgarişi qiyin bölgan yopiq tizimdek körina boşlaydi. Bugun namoyişlar içida qolgan davlatlarga qarasak ham, 30 yoşgaça bölgan aholi hokimiyatdan köp hollarda uzilib qolganini körişimiz mumkin. Jumladan, Italiyada Deputatlar palatasida 30 yoşgaça bölgan vakillar atigi 1,25 foizni taşkil etadi. Senatda esa bu körsatkiç nol. Statistik ma’lumotlarga köra, Italiyada senatorlarning örtaça yoşi 55,76 ni taşkil etadi. Ispaniyada ham vaziyat xuddi şunday: mamlakat parlamentida deputatlarning örtaça yoşi 51,5 yoş. 30 yoşgaça bölganlar esa atigi 2 foiz, xolos. Portugaliya va Fransiya parlamentlarida deputatlarning örtaça yoşi nisbatan pastroq – 49,3 yoş bölsa-da, biroq 30 yoşgaça bölganlar uluşi Portugaliyada 6,09, Fransiyada 5,37 foizni taşkil etadi, xolos.

“Inter-Parliamentary Union” ma’lumotlariga köra, 2026 yil noyabr holatida Yevropa parlamentlaridagi 10 571 örinning atigi 3,3 foizini 30 yoşgaça bölgan deputatlar egallagan. 40 yoşgaça bölganlar uluşi esa 20,46 foizni taşkil etadi. Demak, parlamentlardagi har beş deputatdan faqat bittasi 40 yoş yoki undan kiçik. Ya’ni deyarli butun Yevropa yoşlari siyosiy tizimdan uzilib qolgan, demokratiya, ya’ni xalq hokimiyati endi ular uçun uluğlaşga arzigulik tizim emas.

Yana bir jiddiy omil – ijtimoiy davlat modelining zaiflaşuvi. Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yevropada şakllangan ijtimoiy davlat konsepsiyasi fuqarolarga sifatli ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya va munosib turmuş şaroitini ta’minlaşni davlatning muhim vazifasi sifatida belgilagan edi. Bunday tizimda insonning kelajagi faqat oilasining boyligi yoki şaxsiy imkoniyatlariga boğliq bölib qolmasligi kerak. Ammo sönggi yillarda davlat xarajatlarini qisqartiriş, davlat xizmatlarining moliyalaştirilişini çeklaş va ayrim sohalarni xususiylaştiriş natijasida bu kafolatlar tobora zaiflaşmoqda. Buning oqibatida yaxşi ta’lim va tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati köproq puli bor qatlamlar uçun qulaylaşib, kam daromadli oilalar farzandlari esa yanada qiyin şaroitda qolmoqda.

Bristol universiteti Xalqaro davlat va ijtimoiy siyosat yönalişi katta öqituvçisi Oskar Berglundning “Nega “Gen Z” isyon kötarmoqda?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan tahlilida ham Yevropadagi yangi noroziliklar aynan ijtimoiy davlat imkoniyatlarining qisqarişi va avlodlararo tengsizlik bilan boğlanadi. Masalan, Fransiyada 2026 yil kuzidagi namoyişlar maktablarning yetarliça moliyalaştirilmayotgani va ta’lim şaroitlarining yomonlaşuviga qarşi boşlandi. Ispaniyada esa uy-joy muammosi yoşlarning asosiy norozilik sabablaridan biriga aylangan.

Boşqaça qilib aytganda, Ğarb kapitalizmi ijtimoiy himoya tizimini böğib qöymoqda. Dunyo resurslari va mavjud kapitalning allaqaçon bir guruh insonlar qölida töplanib qolişi, davlatlarning ijtimoiy sohalarga munosabatining pasayişi oqibatida yoşlarning muvaffaqiyatli kelajakka bölgan umidi tobora sönmoqda. Negaki, muvaffaqiyatga erişiş uçun insonga yaxşi ta’lim, soğliq va şu kabi elementar resurslar kerak. Ammo bugun Yevropada bularning barçasidan foydalaniş imkoniyati hamma uçun birdek emas.

Bunday şaroitda yoşlar ikki tomonlama bosim ostida qolmoqda: bir tomondan, iqtisodiy imkoniyatlar çeklanmoqda, ikkinçi tomondan esa uşbu muammolarni hal qilişi kerak bölgan siyosiy tizimda ularning ta’siri deyarli sezilmaydi. Natijada siyosiy partiyalar, parlament va davlat institutlariga işonç pasayib, saylovlarda qatnaşiş yoki an’anaviy siyosiy faoliyat orqali özgariş qilişga bölgan iştiyoq susayadi. Eng qiziği, siyosiy jarayonlardan uzoqlaşgan bu avlod muammolarini hal qiliş uçun aynan siyosiy maydonga çiqişga majbur bölmoqda.

Şu ma’noda, zumerlar namoyişlarini ma’lum voqealar yoki kiçik kelişmovçiliklar hosilasi deyiş notöğri. Bu avlodning bir olam orzulari va yana xuddi şunça dardi bor, deyiş mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing