Noqonuniy oltin konini suv bosdi: 13 kişi halok böldi (video)
Olam
−
4771 2 daqiqa
Indoneziyada noqonuniy oltin konini suv bosişi oqibatida 13 nafar konçi halok böldi. Qutqaruvçilar yana 13 nafar konçini qidirişni davom ettirmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea Ğarbiy Yava provinsiyasining Bogor hududida yuz bergan. Joriy yilning 23 noyabr kuni keçqurun konçilar oltin zarralarini qazib olayotgan vaqtda kuçli yomğir yoğib, Çisereuh daryosi toşgan. Oqibatda daryo suvlari kon şaxtasiga kirib, taxminan 100 metr çuqurlikdagi qazilma hududini suv bosgan. Suv şaxtani töldirişidan oldin konning bir qismida işlayotgan bir neça kişi taşqariga çiqişga ulgurgan.
Rasmiylarning aytişiça, konçilar noqonuniy işlagani sababli hodisa haqida tegişli idoralarga darhol xabar berilmagan. Dastlab mahalliy konçilar va aholi suvni nasoslar yordamida mustaqil çiqarişga uringan. Biroq vaziyat nazoratdan çiqqan.
Politsiyaga kon içida odamlar qolib ketgani haqida suv toşqinidan taxminan 16 soat ötib xabar berilgan. Davlatga qaraşli PT Antam kon kompaniyasi esa joriy yilning 24 noyabridan 25 noyabrga ötar keçasi Jakarta qidiruv-qutqaruv agentligiga rasmiy murojaat yuborgan. Şundan söng, keng kölamli qutqaruv işlari boşlangan.
Qutqaruvçilar şaxtadagi suvni çiqariş uçun suv ostida işlaydigan nasoslardan foydalanmoqda. Şuningdek, yerosti suvlari kirayotgan teşiklarni berkitişga harakat qilinmoqda.
Bugun, 26 noyabr kuni ötkazilgan qidiruv işlariga 325 nafar xodim jalb etilgan. Ular yonma-yon joylaşgan ikkita şaxtada arqonlar yordamida qutqaruv işlarini olib bormoqda.
Ma’lumot uçun, Indoneziyada noqonuniy konçilik keng tarqalgan bölib, minglab odamlar xavfli şaroitlarda işlaydi. Bunday konlarda köçkilar, suv toşqinlari va şaxtalarning qulab tuşişi kabi hodisalar tez-tez uçraydi. Oltinni qayta işlaşda esa himoya vositalarisiz zaharli simob va sianiddan foydalaniş holatlari ham kuzatiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kolumbiyaning janubi-ğarbidagi Narino provinsiyasida ruxsatsiz faoliyat yuritayotgan oçiq oltin koni qulaşi oqibatida kamida 14 nafar konçi halok bölib, yana 7 kişi jarohatlangan edi.
Live
Barçasi