Indoneziya vitse-prezidenti lavozimidan iste’foga çiqdi

Olam

−

image

Indoneziya vitse-prezidenti Gibran Rakabuming Raka xorijda olgan ta’limiga oid hujjatlari va lavozimga saylaniş huquqi yuzasidan paydo bölgan şubhalar fonida iste’foga çiqdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 39 yoşli Gibran Rakabuming Raka 12 noyabr kuni mamlakatning eng yuqori qonun çiqaruvçi organi – Xalq maslahat assambleyasi rahbariyatiga iste’fo arizasini topşirgan. Bu voqea poytaxt Jakartadagi parlament binosida sodir bölgan. U uçraşuvdan çiqib ketayotganida jurnalistlarga izoh bermagan.

Bildirilişiça, Rakaning iste’fosi uning xorijda olgan ta’limiga oid hujjatlar bilan boğliq bahslar kuçaygan bir paytga töğri keldi. Ötgan oyda Indoneziya Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi siyosatçi taqdim etgan ta’lim hujjatlari saylov talablariga mos kelmasligi haqida qaror çiqargan.

Şundan söng, 11 noyabr kuni sakkizta siyosiy partiyadan 120 nafar deputat parlament rahbariyatiga murojaat qilib, Rakani lavozimidan çetlatiş jarayonini boşlaş taşabbusini ilgari surgan. Qonunçilikka köra, parlament rahbariyati vitse-prezidentning Konstitutsiyani buzgan-buzmaganini tekşiriş uçun maxsus komissiya tuzişi kerak. Agar ayblovlar uçun yetarli asos bor deb topilsa, masala Konstitutsiyaviy sudga kiritiladi.

Avvalroq, 10 noyabr kuni Raka Prezident Prabovo Subianto bilan uçraşuvda siyosiy mojaroning çözilib ketişining oldini oliş maqsadida iste’foga çiqişni taklif qilgan edi. Biroq öşa paytda prezident unga özini himoya qilişni maslahat bergani aytilgan va iste’fo taklifi qabul qilingan-qilinmagani noma’lum bölib qolgan.

Indoneziya Konstitutsiyasiga köra, vitse-prezident lavozimi böş qolgan taqdirda navbatdan taşqari saylov ötkazilmaydi. Uning örniga prezident tomonidan taklif etilgan ikki nomzoddan biri 60 kun içida Xalq maslahat assambleyasi tomonidan saylanişi kerak.

Ma’lumot uçun, Gibran Rakabuming Raka sobiq prezident Joko Vidodoning öğli hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Paragvay prezidenti Santyago Penya mamlakatdagi yirik raqamli banklardan biri – Ueno faoliyatining inqirozga yuz tutişi ortdan iste’foga çiqdigani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing