Paragvay prezidenti bank inqirozi ortidan iste’foga çiqdi
Olam
−
08:19 489 2 daqiqa
Paragvay prezidenti Santyago Penya keça, 5 noyabr kuni mamlakatdagi yirik raqamli banklardan biri – Ueno faoliyatining inqirozga yuz tutişi ortdan iste’foga çiqdi. Bank faoliyatining töxtaşi millionlab mijozlarning hisobvaraqlaridan foydalaniş imkoniyatini çeklab, mamlakatda siyosiy va moliyaviy inqirozni keltirib çiqardi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.
Penya parlamentda unga nisbatan impiçment jarayoni boşlanişidan bir neça soat oldin lavozimini tark etgan. Bunga uning öz partiyasi – hukmron konservativ Kolorado partiyasi içida ham qöllab-quvvatlovni yöqotgani sabab bölgan.
.png)
Prezident ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida Senatdagi impiçment jarayonida qatnaşib, özini himoya qiliş huquqidan foydalanişini bildirgan. U buni şaxsiy ğurur emas, balki Paragvay xalqi oldidagi mas’uliyat deb atagan. Şuningdek, hisobvaraqlariga kira olmayotgan fuqarolar muammosini tezroq hal qilişga çaqirgan.
Inqiroz şu hafta Paragvay Markaziy banki Ueno faoliyatiga aralaşganidan keyin boşlangan. Regulyator tez sur’atlarda rivojlangan raqamli bank tölov qobiliyatiga qöyilgan eng kam talablarni buzganini ma’lum qilgan. Voqealar ortdan Markaziy bank rahbari ham iste’foga çiqqan. Ueno kompaniyasining sakkiz nafar rahbarini hibsga oliş haqida order berilgan, ular keyinçalik huquq-tartibot organlariga öz ixtiyori bilan taslim bölgan.
Ueno mamlakatdagi 6,5 million aholining qariyb 3 million nafariga xizmat körsatgan. Bank, şuningdek, davlat muassasalari va pensiya tizimiga aloqador mablağlarni hisobga olganda, qariyb 850 million dollar miqdoridagi davlat mablağlarini boşqargan. Uning inqirozga yuz tutişi ortdan mijozlar öz hisobvaraqlaridagi pullardan foydalana olmay qolgan.
Muxolifat vakillari Penyani bank bilan manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyiş, pensiya mablağlaridan notöğri foydalaniş va bank faoliyatini tekşiruvlardan himoya qilişga urinişda ayblagan. Prezident esa ayblovlarni rad etgan.
Penya 2023 yilda prezident etib saylangan. Ueno bankining 2025 yil mart oyigaça egasi bölgan Grupo Vazquez biznes guruhi bilan avvalgi aloqalari ham prezidentga nisbatan tanqidlarni kuçaytirgan. Penya 2025 yil mart oyida guruhdagi uluşini sotganini va bank faoliyatiga noqonuniy aralaşmaganini bildirgan.
Prezidentning iste’fosidan keyin Paragvay davlat obligatsiyalari narxi pasaygan, milliy valyuta – guarani esa AQŞ dollariga nisbatan qariyb 5 foizga qadrsizlangan.
Prezidentlik lavozimini egallaş uçun navbatdagi nomzod bölgan vitse-prezident Pedro Alyana sönggi kunlarda Penyadan uzoqlaşgan. U moliyaviy inqiroz hal etilmagunça özining prezidentlikka oid rejalarini töxtatib turişini bildirgan.
Live
Barchasi