Poraxörlikda ayblanayotgan Mongoliya Prezidenti iste’foga çiqişini e’lon qildi
Olam
−
12:22 265 2 daqiqa
Mongoliya Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux mamlakatdagi temir yöl loyihasi bilan boğliq korrupsiyada ayblanganidan keyin iste’foga çiqişini e’lon qildi. U 2019 yilda boş vazir lavozimida işlagan vaqtida Tavantolgoy–Gaşuunsuxayt temir yöli qurilişi uçun ajratilgan şartnoma orqali 25 million dollar olganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, mazkur ayblovni joriy yilning 15 noyabr kuni Ulan-Batorning sobiq meri Xişgiyin Nyambaatar ilgari surgan. U ham prezident a’zo bölgan hukmron Mongoliya Xalq partiyasining boşqa fraksiyasi vakili hisoblanadi. Şundan söng muxolif Demokratik partiya ham prezidentni iste’foga çaqirgan.
Ayblovlarga köra, Xurelsux 2019 yilda temiryöl qurilişi böyiça şartnoma mamlakatning yirik konglomeratlaridan biri – Bodi International kompaniyasiga tanlov ötkazilmasdan berilişini ta’minlagan va buning evaziga pora olgan.
Prezident esa özining xalq yoki davlatdan heç qaçon pul öğirlamaganini aytib, ayblovlarni rad etgan. U bugun, 17 noyabr kuni xalqqa qilgan murojaatida bir oydan ortiq vaqt davomida şa’niga nisbatan uzluksiz hujumlar bölayotganini bildirgan va prezidentlik vazifasini topşirib, oddiy fuqaroga aylanişini ma’lum qilgan. Şuningdek, tergovçilar bilan hamkorlik qilişga tayyorligini aytgan.
Bodi International kompaniyasi ham keça, 16 noyabr kuni tarqatgan bayonotida yuqori lavozimli davlat amaldorlari va xizmatçilariga pora bermaganini bildirgan. Kompaniya ayblovlarni tuhmat deb atab, qonunbuzarlikka yöl qöymaganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uçun, Uxnaagiyn Xurelsux 2021 yilda uning partiyasi parlament saylovlarida köpçilik örinni qölga kiritganidan keyin prezident lavozimiga kelgan. Sönggi yillarda partiya içidagi kelişmovçiliklar kuçaygan. Mamlakatda sönggi töqqiz oy içida uç nafar boş vazir almaşgan.
Prezidentning iste’fosi parlament – Davlat Buyuk Xurali tomonidan qabul qilinganidan keyin kuçga kiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Indoneziya vitse-prezidenti Gibran Rakabuming Raka xorijda olgan ta’limiga oid hujjatlari va lavozimga saylaniş huquqi yuzasidan paydo bölgan şubhalar fonida iste’foga çiqqani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr