World Boxingʼga birinçi özbek rahbar saylandi
Sport
−
11:12 426 1 daqiqa
Özbekiston boks federatsiyasi boş kotibi Mirşohid Tillaboyev World Boxing xalqaro taşkiloti vitse-prezidenti etib saylandi. U Panamada bölib ötgan taşkilot kongressida ötkazilgan saylovda katta ustunlik bilan ğalaba qozondi. Bu haqda Özbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, saylovda jahonning 95 ta milliy boks federatsiyasi vakillari iştirok etgan. Ovoz beriş jarayonida Mirşohid Tillaboyev öz raqiblaridan sezilarli darajada köp ovoz töplagan.
Qayd etiş joizki, mazkur tayinlov Özbekiston vakilining xalqaro boks boşqaruvidagi nufuzini oşiriş bilan birga, mamlakat boks maktabining jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uçun, Mirşohid Tillaboyev Özbekiston boks federatsiyasi boş kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Live
Barchasi