Amerika banki vitse-prezidenti pichoqlab ketildi

Olam

image

Amerika banki (Bank of America) vitse-prezidenti Nyu-York shahrining “Times Square” maydonida pichoq bilan hujum qilinishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nyu-York politsiyasining ma’lumotiga ko‘ra, voqea joriy yilning 31 avgust kuni soat 16:24 atrofida Vest 42-ko‘chasi va Yettinchi avenyu kesishmasi yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiya hujum tasodifiy va hech qanday sababsiz amalga oshirilganini bildirgan.

Halok bo‘lgan ayol 32 yoshli Erin Pyachenti ekani aniqlangan. U Amerika bankining biznes tanlovi va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘limida vitse-prezident lavozimida ishlagan. Bank vakillari uning o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirgan.

Shuningdek, hujum vaqtida 68 yoshli erkak ham pichoq jarohatlarini olgan. U shifoxonaga yotqizilgan va ahvoli barqaror ekani aytilgan.

Politsiya voqea joyiga yetib borganida hujumda gumon qilinayotgan 49 yoshli Pamela Sisneros ikki katta pichoq bilan qurollangan holda ularga qarab yurgan. Politsiyachilar unga qarata o‘q uzgan va ayol keyinchalik vafot etgan. Politsiya komissari Jessika Tishning aytishicha, Sisnerosilgari ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha qayd etilgan.

Amerika banki xavfsizlik xodimlari politsiyaning tergov ishlariga yordam berayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Amerika banki – AQSHdagi eng yirik banklardan biri va mamlakatning moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi kompaniyalaridan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning Kulyakan shahrida TikTok blogeri Sesar Gastelum do‘stlari bilan jonli efir olib borayotgan vaqtida noma’lum qurolli shaxslar tomonidan otib o‘ldirilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing