Tiktoker o‘ldirib ketildi (video)

Olam

image

Meksikaning Kulyakan shahrida TikTok blogeri Sesar Gastelum do‘stlari bilan jonli efir olib borayotgan vaqtda noma’lum qurolli shaxslar tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda “Animal Politico” xabar berdi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 600 ming obunachiga ega bo‘lgan va hazilomuz videolari bilan tanilgan Gastelum fastfud restorani oldida jonli efir qilayotgan paytda ikki nafar motosiklchi uning yoniga kelgan. Jonli efir tasvirida haydovchilardan biri blogerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘q uzgani aks etgan. Oqibatda Gastelum voqea joyida halok bo‘lgan.

Bildirilishicha, huquq-tartibot idoralari hozircha qotillik sabablari haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

Ma’lumot o‘rnida, Meksikaning Kulyakan shahri uyushgan jinoiy guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tez-tez kuzatiladigan hududlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxlik bloger Orzigul O‘razmatova yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing