“Tolibon” Rossiyadan Afğonistonda neft zavodlari qurişni söradi

Olam

−

image

Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Rossiya kompaniyalariga mamlakatda neftni qayta işlaş zavodlari (NQIZ) qurişni taklif qildi. Qobul, şuningdek, Rossiya neft mahsulotlari xaridini oşirişni möljallamoqda. Bu haqda Afğoniston bilan işbilarmonlik hamkorligi kengaşi rahbari Dmitriy Antonovga tayanib, “Afghanistan International” xabar berdi.

Antonovning sözlariga köra, “Tolibon” ikki davlat örtasidagi savdoni muvozanatlaştiriş maqsadida rossiyaliklarni xomaşyo konlarini özlaştirişda iştirok etişga ham taklif qilgan.

Joriy yilning 12 noyabr kuni Rossiya Boş vaziri örinbosari Aleksey Overçuk 70 dan ortiq biznes vakillaridan iborat delegatsiya bilan Qobulga taşrif buyurgan. “Tolibon” vakili Hamdulla Fitratning ma’lum qilişiça, tomonlar 103 million dollarlik 15 ta hamkorlik memorandumini imzolagan. Kelişuvlar Afğonistonga dori-darmon, buğdoy, un va ösimlik yoği yetkazib beriş, şuningdek, Rossiyaga anor eksport qilişni nazarda tutadi. 

2026 yilning dastlabki sakkiz oyida mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 349 million dollardan oşib, ikki baravardan köproqqa ösgan. Joriy yilning may oyida Moskva Qobul bilan harbiy-texnik hamkorlik töğrisida bitim tuzgan. Uni amalga oşirişning birinçi bosqiçi sovet harbiy texnikasini ta’mirlaş bölişi kerak. Keyinçalik “Tolibon” yangi qurol-yaroğlar yetkazib berilişini istamoqda.

“The Moscow Times”ning yozişiça, “Tolibon” oldin ham Rossiya kompaniyalariga neft va gaz qazib oliş sohasiga sarmoya kiritişni taklif qilgan. Xususan, 2025 yilning avgust oyida Afğoniston konçilik sanoati va neft vaziri Hidoyatullo Badriy Tataristondagi forumda investorlarga xavfsizlik kafolatlari, şaffoflik va kapital qöyiş uçun uzoq muddatli imkoniyatlarni va’da qilgan. Uning sözlariga köra, uglevodorodlarning yirik zaxiralari Amudaryo, Katavaz va Hilmand havzalarida töplangan. Afğoniston uşbu resurslardan öz ehtiyojlarini ta’minlaş va qöşni davlatlarga eksport qiliş uçun foydalanmoqçi.

Ma’lumot uçun, “Tolibon” 2021 yil avgust oyida Amerika qöşinlari olib çiqib ketilganidan söng Afğonistonda hokimiyatga qaytdi. Moskva yangi hukumat bilan aloqalarni yölga qöydi. 2025 yil aprel oyida Rossiya Oliy sudi Rossiyada “Tolibon” harakati faoliyatiga qöyilgan taqiqni töxtatdi, iyul oyida esa Moskva birinçi bölib şakllantirgan hakumatni tan oldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Afğoniston taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy “The New York Times” naşriga bergan intervyusida AQŞni Afğonistondagi diplomatik iştirokini qayta tiklaşga va mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritişga çaqirgan edi. Biroq Vaşington “Tolibon”ning bu taklifini rad etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing