Toşkentda yevropaliklarni aldaşga uringan kiberfiribgarlar qölga tuşdi (video)

3-sahifa

−

visibility448 timer2 daqiqa

image

Toşkent şahrining Mirobod tumanida ön tört nafar fuqaro tomonidan taşkil etilgan noqonuniy onlayn koll-markaz aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, holat “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik oyligi doirasida Toşkent şahar IIBB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan

Xususan, Mirobod tumani Fayzobod mahallasidagi xonadonlardan birida ön tört nafar fuqaro noqonuniy onlayn koll-markaz faoliyatini yölga qöygani ma’lum bölgan. Tezkor suriştiruv davomida guruh tarkibida rahbar, iş boşqaruvçi va ijroçilar bölgani aniqlangan. Noqonuniy faoliyat yuritilgan xonadon oyiga 60 million söm evaziga ijaraga olingan.

 

Tadbir davomida xonadondan jinoiy faoliyatga aloqador aşyoviy dalil sifatida 12 ta noutbuk, 140 ta telefon, 4 ta kompyuter va 1 ta planşet olib qöyilgan.

Guruh a’zolari asosan WhatsApp messenjeri orqali Yevropa davlatlari fuqarolari bilan boğlanib, ularning işonçiga kiriş va pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritişni rejalaştirgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining tezkor harakati natijasida minglab xorijiy fuqarolarning firibgarlik qurboniga aylanişining oldi olingani, ularning millionlab mablağlari saqlab qolingani bildirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani içki işlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Yevropa davlatlari fuqarolarini aldab, ularning kripto-aktivlarini özlaştiriş bilan şuğullangan 10 kişilik yaşirin onlayn koll-markaz aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing