Toşkentda 9 yoşli bola köp qavatli uydan tuşib ketdi (video)

3-sahifa

−

visibility260 timer2 daqiqa

image

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida 9 yoşli bola köp qavatli uydan tuşib ketib, oğir tan jarohatlari oldi. Şifokorlar uning hayotini saqlab qolişga muvaffaq böldi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 22 noyabr kuni sodir bölgan. Bola soat 05:45 larda tez tibbiy yordam maşinasida 2-şahar bolalar jarrohlik klinik şifoxonasining reanimatsiya bölimiga olib borilgan. Uning ahvoli oğir bölgani sababli zudlik bilan zarur tibbiy yordam körsatilgan.

 

Şifokorlar körigi natijasida bolada boş miya çayqalişi, ikkala öpkaning lat yeyişi, ikkala buyrakning lat yeyişi, çap qöl yelka suyagining hamda öng son suyagining siljiş bilan sinişi aniqlangan.

“Hozirda bolaning ahvoli barqaror, örta oğirlik darajasida. Holati kundan kunga yaxşilanib boryapti. Davolaş muolajalari belgilangan reja asosida olib borilyapti”, deydi Toşkent şahar 2-bolalar jarrohlik klinik şifoxonasi travmatolog-şifokori Ismat Nigmatov.

Ma’lum qilinişiça, şifoxonada bemorga zarur tibbiy yordam körsatiş uçun neyroxirurgiya va travmatologiya bölimlari hamda zamonaviy tibbiy uskunalar mavjud.

Eslatib ötamiz, avvalroq maktab-internat yotoqxonasining törtinçi qavatidan tuşib ketib, oğir jarohat olgan öquvçi 10 kunlik davolanişdan söng vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing