HAVAL Jolion xarid qilish uchun 5 ta sabab
Biznes
−
16 noyabr
6851HAVAL Jolion – zamonaviy o‘ziga xos uslub, ilg‘or texnologiyalar va yuqori darajadagi qulaylikni o‘zida mujassam etgan krossover. Agar siz shahar hayotining talablarini qondira oladigan va bir vaqtning o‘zida xavfsizlik va boshqarish zavqini ta’minlaydigan avtomobilni qidirayotgan bo‘lsangiz, u holda Jolion ajoyib tanlov hisoblanadi. Mazkur avtomobilga e’tibor qaratishga arziydigan TOP beshta asosiy sabablarni ko‘rib chiqamiz.
1. Ifodali va zamonaviy dizayn
HAVAL Jolion o‘zining dolzarb va jo‘shqin tarzdagi dizayni bilan yo‘llarda ajralib turadi. Ushbu krossover yangilangan radiator panjarasi va orqa tomonni ko‘rish oynalarga zamonaviy qora qoplamalar bilan e’tiborni tortadi. G‘ildirak arkasining kengaytirgichlari va spoyler avtomobilga ishonchli va yo‘ltanlamas sifatli ko‘rinishni beradi. Zamonaviy LED faralari tashqi ko‘rinishga nafislik qo‘shgan holda ko‘rish imkoniyatini yaxshilaydi va har qanday sharoitda xavfsizlik darajasini oshiradi. Orqa oynada o‘rnatilgan qo‘shimcha stop-signalga ega aerodinamik spoyler tezkorlik va manyovrlik taassurotini oshirgan holda qiyofaga shiddatlilikni baxsh etadi.
2. Keng va shinam salon
HAVAL Jolion haydovchi va yo‘lovchilarning qulayligi uchun g‘amxo‘rlik qiladi. Sozlanadigan rul va o‘rindiqlarning elektr yuritmasi mukammal o‘tirib olishni sozlashga imkon beradi. Ikki hududli iqlim-nazorat va o‘rindiqlarni isitish tizimi hatto ayozli kunlarda ham qulaylikni yaratadi, o‘rindiqlarni shamollatish esa yozda salqinlikni ta’minlaydi. 64 xil tusdagi tanlanadigan atmosferali yoritgich har bir sayohatga o‘ziga xos kayfiyatni bag‘ishlaydi.
Boshqa qulayliklari:
- peshoyna va yuvuvchi tizim forsunkasini elektr vositasida isitish;
- orqa tomonni ko‘rish oynalarini isitish va elektr vositasida sozlash;
- 12,3-dyumli rangli sensorli displeyga ega multimedia tizimi;
- isitiladigan ko‘p funksiyali rul chambaragi.
“Premium” komplektatsiyasi tasvir balandligi va burchagini sozlaydigan proyeksiyali displey (HUD)ni o‘z ichiga oladi.
3. Xavfsizlikning innovatsion texnologiyalari
Xavfsizlik – bu HAVAL Jolion’ning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, ANCAP’ning qat’iy krash testida 5 ta yulduz bilan taqdirlangan. Avtomobilda haydovchiga yordam berishning ilg‘or tizimlari joriy etilgan bo‘lib, ular boshqarishni yanada xavfsiz va qulay qiladi. HAVAL Jolion’da haydovchiga avtomobil atrofidagi barcha narsani ko‘rish imkonini beruvchi 360 gradusli doira bo‘ylab ko‘rish kameralar tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, ko‘rinmas hududlarni bartaraf etadi va avtoturargoh joylari kabi cheklangan maydonlarda manyovr qilishni osonlashtiradi.
“Premium” komplektatsiyasida quyidagi funksiyalar taklif etiladi:
- Kichik tezlikda harakatlanish (tirbandliklarda) funksiyasiga ega adaptiv kruiz-nazorat (ACC). Mazkur tizim oldinda ketayotgan avtomobilgacha bo‘lgan masofani va belgilangan tezlikni avtomat tarzda saqlab turadi. Tirbandliklarda ushbu funksiya avtomobilga sekinlashish va tezlanishni mustaqil ravishda amalga oshirish imkonini berishi natijasida uzoq muddatli safarlarda haydovchining toliqishini sezilarli darajada kamaytiradi.
- Oldinga harakatlanayotganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv haqida ogohlantirish tizimi (FCW). Ushbu tizim yo‘l holatini tahlil qiladi va haydovchini ehtimoliy to‘qnashuv xavfi haqida ogohlantiradi. Mazkur tizim avvaldan chora ko‘rish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish imkonini beradi.
- Piyoda va velosipedchilarni tanib olish funksiyasiga ega avtomat tarzda tormozlash tizimi (AEB). Ushbu tizim piyoda yoki velosipedchi bilan to‘qnashuv xavfini aniqlasa, avtomatik tarzda tormozni qo‘llaydi. Bu, ayniqsa, kutilmaganda piyodalar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan shahar sharoitida foydalidir.
- Aqlli chetlanish funksiyasi (SmartDodge). Tizim haydovchiga xavfsiz manyovr qilish uchun tavsiyalar berish orqali to‘qnashuvdan saqlanishga yordam beradi. Mazkur tizim kutilmagan to‘siqlarga tezroq va xavfsizroq javob berish imkonini beradi.
- Chorrahalardan harakatlanib o‘tishda to‘qnashuvlarning oldini olish funksiyasi (AEBCrossroad). Tizim chorrahalardagi vaziyatni nazorat qiladi va boshqa transport vositasi bilan to‘qnashuv xavfi bo‘lsa, avtomat ravishda tormozlashi mumkin. Bu yo‘lning murakkab qismlarida manyovr qilishda xavfsizlikni sezilarli darajada oshiradi.
- Yo‘l qismiga qaytish funksiyasiga ega bo‘lgan yo‘l qismidan chiqish to‘g‘risida ogohlantirish tizimi. Ushbu funksiya tasodifan o‘z yo‘l bo‘lagini tark etgan haydovchiga xabar beradi va avtomobilni avtomatik ravishda xavfsiz hududga qaytarishi mumkin. Bu qarama-qarshi yo‘lak bo‘lagiga chiqishning oldini olishga yordam beradi va baxtsiz hodisa xavfini kamaytiradi.
- Ko‘rinmas hududlarni monitoring qilish tizimi va harakatlanish yo‘l bo‘lagini o‘zgartirishda yordam berish tizimi (BSM+LCA). Mazkur tizim ko‘rinmas hududlarni nazorat qiladi va yo‘l bo‘lagini o‘zgartirganda haydovchini transport vositalari mavjudligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Bu trassa va shahar sharoitida manyovr qilishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
- Ochiq eshik to‘g‘risida ogohlantirish (DOW). Ushbu tizim haydovchiga avtomobil eshigi ochiqligi to‘g‘risida xabar beradi, mazkur tizim ayniqsa yo‘l yoki qatnov qismi yaqinida bo‘lganda muhimdir. Buning natijasida haydovchi orqa tomonga qaramay eshikni ochganda tasodifiy avariyalarning oldini oladi.
- Avtoturargohga avtomatik ravishda joylashish tizimi. Tizimning o‘zi avtoturargohga joylashish joyini aniqlashi va avtomobilni boshqarishi haydovchiga chegaralangan joylarda avtoturargohga joylashishda xavfsizlikka e’tibor qaratish imkonini beradi. Bu tizim avtoturargohga joylashish bo‘yicha o‘z ko‘nikmalariga ishonmaydiganlar uchun qulaydir.
- Orqa tomondan to‘qnashish to‘g‘risida ogohlantirish (RCW). Ushbu tizim avtomobil orqasidagi vaziyatni nazorat qiladi va yaqinlashib kelayotgan transport haqida ogohlantirishi natijasida, orqadagi to‘qnashuvlarning oldini olishga yordam beradi.
- Tormozlash funksiyasiga ega avtoturargoh joyidan orqaga harakatlanishda yordam berish tizimi (RCTA). Mazkur tizim avtomobil orqasidagi ob’ektlarning harakatlarini kuzatib boradi va to‘qnashuv xavfini aniqlasa, avtomat ravishda tormozlashi mumkin. Bu, ayniqsa, ko‘rish cheklangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan avtoturargohlarda foydali hisoblanadi.
Ushbu texnologiyalarning har biri haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, avtomobil boshqarish qulayligini oshirishga qaratilgan.
4. Raqobatbardosh narx, sifat va ishonchlilik kafolati
HAVAL Jolion modellar qatoriga bir nechta komplektatsiyalarni taklif qiladi: Comfort – 269 900 000 so‘m, Prestige – 292 900 000 so‘m, Prestige+ – 302 900 000 so‘m va Premium – 319 900 000 so‘m evaziga. Mazkur narxlar Jolion krossoverlarini bozorda raqobatbardosh qilib, avtomobilda ishonchlilik va zamonaviy texnologiyalarni qadrlaydiganlar uchun narx va sifatning maqbul nisbatini taklif qiladi.
HAVAL Jolion yuqori sifatli materiallar va ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda yaratilgan bo‘lib, uning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi. Avtomobilning ishonchliligi 5 yillik kafolat yoki 150 000 km yo‘lni bosib o‘tish limiti bilan belgilanadi. Servis xizmat ko‘rsatish asl turdagi ehtiyot qismlardan foydalangan holda amalga oshirilishi, uning rejadan tashqari ta’mirlash xavfini minimal darajaga keltiradi va avtomobilga egalik qilishni qulaylashtiradi.
5. Servis xizmat ko‘rsatishning keng tarmog‘i
HAVAL O‘zbekistondagi servis markazlari tarmog‘ini faol ravishda rivojlantirib, har qanday hududda sifatli xizmat ko‘rsatishga imkoniyatni ta’minlamoqda. Rasmiy servis xizmatlar ta’mirlash, qo‘shimcha uskunalar va aksessuarlarni o‘rnatish, shuningdek, mutaxassislarning professional yordamini taklif qiladi. Servis xizmatni izlab topish to‘g‘risida qayg‘urishingiz shart emas – malakali yordam doimo yoningizda.
HAVAL Jolion – bu o‘ziga xos uslub, qulaylik, ilg‘or texnologiyalar va ishonchlilikning mukammal uyg‘unligidir. Mazkur zamonaviy shahar krossoveri bitta avtomobilda xavfsizlik, qulaylik va zamonaviy yechimlarni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan. HAVAL Jolion narx va sifatning mukammal nisbatini taklif qilishi, uni ko‘plab xaridorlar uchun qulay tanlovga aylantiradi. Siz ko‘p funksiyali va ishonchli krossoverga ortiqcha to‘lovsiz ega bo‘lishingiz mumkin.
HAVAL (GreatWallMotor) avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi hisoblanadi.
HAVAL krossoverlarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan siz haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.
HAVAL’ning axborot liniyasi:+998 (71) 287-88-88
E-mail: info@haval.uz
Telegram: haval_uzb
Instagram: haval_uzbekistan
Facebook: haval.uz
YouTube: HavalUzbekistan
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi