HAVAL H7 bilan yangi bosqich: Rivojlanishning navbatdagi qismi boshlandi

Biznes

image

Blogerlar va brend elchilari g‘ayrioddiy kvest ishtirokchisiga aylangan va birinchi marta yangi yo‘ltanlamasning tarixini ochishga yaqinlashgan sirli tungi ekspeditsiyadan so‘ng, yo‘lining keyingi bosqichi boshlanadi.

Endi voqealar ADM Jizzakh zavodiga ko‘chadi – aynan shu yerda HAVAL H7 o‘zining bo‘lajak egalari sari yo‘l olishdan avval navbatdagi qadamini tashlaydi. Muhandislik ishlanmalari, zamonaviy texnologiyalar va qat’iy sifat nazorati tez orada mamlakat yo‘llarida paydo bo‘ladigan seriyali avtomobilga aylanadi..

Yangi HAVAL H7 ifodali dizayn, yuqori darajadagi qulaylik va zamonaviy intellektual texnologiyalarni o‘zida mujassam etadi. Premium toifadagi bezak materiallariga ega keng interer hamda 15,6 dyuymli displey va intellektual ovozli boshqaruvga ega Coffee OS multimedia tizimi har bir safarni maksimal darajada qulay va texnologik qiladi.

Model ilk bor birdaniga ikki versiyada taqdim etiladi – benzinli dvigatel hamda innovatsion GWM Hi4 Plug-in Hybrid kuch qurilmasi bilan.

Hi4 texnologiyasi benzinli dvigatel va elektr yuritma afzalliklarini birlashtirib, intellektual to‘liq yuritma, yuqori darajadagi unumdorlik, katta yo‘l bosish zaxirasi hamda shahar harakatida ham, asfaltdan boshqa yo‘lda ham ishonchli harakatlanishni ta’minlaydi.

Puxta o‘ylangan kuzov konstruksiyasi, tekis polga ega keng yukxona, haydovchiga yordam beruvchi zamonaviy tizimlar va yo‘ltanlamasga xos salohiyat H7’ni kundalik foydalanishga ham, katta sayohatlarga ham birdek tayyor avtomobilga aylantiradi.

Ishlab chiqarishning boshlanishi – bu hikoyaning yakuni emas, balki yangi bosqichning boshlanishidir.

Tez orada yangi HAVAL H7 O‘zbekistondagi barcha rasmiy HAVAL dilerlik markazlariga yetkazib beriladi va u yerda barcha xohlovchilar model bilan shaxsan tanishishi mumkin bo‘ladi.

Ayni paytda esa vaqt o‘tishining teskari hisobi davom etmoqda!

Aloqa uchun ma’lumotlar:

Call-markaz: +998 71 287 88 88
Veb-sayt: gwm.com.uz
Telegram-kanal: GWM UZBEKISTAN
Instagram: gwm__uzbekistan
Facebook: GWM Uzbekistan
YouTube: GWM Uzbekistan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing