Rossiya Ukrainadagi tinchlikka to‘sqinlik qilayotgan yagona davlat – G7
Olam
−
16 noyabr
2480Bir guruh yirik sanoat davlatlari Ukrainada tinchlikni tiklash faqat Rossiya Federatsiyasiga bog‘liq ekaniga ishonadi. Bu haqda bugun, 16 noyabr kuni Germaniya, Italiya, Fransiya, Kanada, AQSH, Yaponiya va Buyuk Britaniya davlat va hukumat rahbarlarining qo‘shma bayonotida so‘z boradi.
“Rossiya adolatli va mustahkam tinchlik yo‘lidagi yagona to‘siq bo‘lib qolmoqda”, deyiladi bayonotda.
Rossiyaning keng miqyosli bosqinining 1000-kuniga bag‘ishlangan bayonotda G7 mamlakatlari Ukrainani “suverenitet, erkinlik, mustaqillik, hududiy yaxlitlik va qayta qurish uchun kurashda” so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashda birdamligini ta’kidladi. Ular, shuningdek, “o‘z yeri, madaniyati va xalqini” himoya qilishda “mislsiz chidamlilik va qat’iyat” ko‘rsatgan Ukrainaga hurmat bildirdi.
Bundan tashqari, “Katta yettilik” Rossiyani “sanksiyalar, eksport nazorati va boshqa samarali choralar” orqali harbiy tajovuz uchun og‘ir badalni to‘latishga tayyorligini bildirdi va Rossiya tajovuzkorligi butun dunyo bo‘ylab zaif odamlarga ta’sirini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urushni 2025 yildan kechiktirmay diplomatik yo‘l bilan tugatish niyatini bildirgandi. Biroq, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tinchlik o‘rnatishga intilmayapti.
LiveBarchasi