Pashinyan Trampga telefon qildi
Olam
−
16 noyabr
4971Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Armaniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pashinyan Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan, shuningdek, unga so‘nggi yillarda arman-amerika munosabatlarining rivojlanishi haqida ma’lumot bergan.
Bundan tashqari, siyosatchilar mintaqaviy kun tartibiga oid masalalarni muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO Bosh kotibi Mark Ryutte, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Markaziy Osiyo yetakchilaridan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev , AQSHning sobiq prezidenti, demokrat Barak Obama Donald Trampni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
LiveBarchasi