Chery Tiggo 9 avtomobillarining xalqaro sammiti doirasida o‘tkazilgan krash-testi
Biznes
−
31 Oktabr
518220 oktyabr kuni Xitoyning Uxan shahrida joylashgan Chery shtab-kvartirasida “Tiggo 9 Ultimate Safety Exploration Tour” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kompaniyaning xorijiy xodimlari, dilerlar, yetakchi OAV vakillari, global KOC ishtirokchilari va O‘zbekistondagi Chery avtomobillari rasmiy distribyutori – ADM Global vakillari qatnashdi. Mehmonlar Tiggo 9 avtomobilining akkumulyatorining suvga chidamliligi, kuzovning germetikligi va to‘qnashuv xavfsizligi kabi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganiga guvoh bo‘lishdi. Barcha natijalar sanoat standartlaridan ancha yuqori ekanligi qayd etildi.
Chery brendi bosh direktori va Chery International vitse-prezidenti Chju Shaodun ochilish nutqida shunday dedi: “Xavfsizlik Chery uchun asosiy qadriyatdir. Biz barchaning xavfsizligini ustuvor deb bilamiz. Har bir safar nafaqat harakatlanish, balki yaqinlarimiz uchun xavfsizlik hissini anglatadi. Bizning har bir qadamimiz foydalanuvchilarga yo‘lda ishonchli himoya taqdim etadigan eng xavfsiz avtomobillarni yaratishga qaratilgan.
Suvga chidamlilik sinovi davomida muhandislar ekstremal sharoitlar yaratdi: Chery 9 akkumulyatori 48 soat davomida chuqur suv tubiga cho‘ktirildi. Katta ekranda real vaqt rejimida akkumulyatorning germetikligi va elektr izolyatsiyasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar namoyish etildi. Natijalar Tiggo 9 akkumulyatorining suvga chidamlilik darajasi yuqoriligini tasdiqladi, bu uning ekstremal sharoitlarda ishonchliligi va xavfsizligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, suvda yuqori tezlikda harakatlanish testi ham o‘tkazildi. Tiggo 9 chuqur suv sharoitida sinovdan o‘tkazilib, harakat davomida uning germetikligi baholandi. Mehmonlar avtomobilning salonini kuzatuv oynalari orqali kuzatib turdi, sinov esa kuzovning a’lo darajadagi germetikligini tasdiqladi: suv kirganiga biror belgi sezilmadi, elektron va kuchlanish tizimlari mukammal ishlashda davom etdi.
Tadbirning eng muhim qismi ikki avtomobilning qisman old tomonlari to‘qnashuvi simulyatsiya qilingan krash-test sinovi bo‘ldi. To‘qnashuv ovozi va tutun paydo bo‘lishi bilan mehmonlar bir nafas sarosimada qoldi, ammo natijalar barchani lol qoldirdi: yo‘lovchilar salonining tuzilishi yaxlit saqlanib qolib, omon qolish uchun zarur bo‘lgan joy himoyalandi. A, B va S ustunlari deformatsiyalanmadi, tutib turish tizimi mukammal ishladi, xavfsizlik kamarlari o‘z vaqtida tortildi, yon va old xavfsizlik yostiqchalari ochilib, yo‘lovchilarni to‘liq himoya qildi.
Yuqori kuchlanish tizimi avariya sodir bo‘lganidan keyin avtomatik ravishda o‘chdi: akkumulyator joyidan siljimadi, suyuqlik sizib chiqishi, tutun va olov holatlari kuzatilmadi, yo‘lovchilarning xavfsizligi ta’minlandi. Yoqilg‘i tizimi ham germetik saqlanib, yong‘in chiqish xavfining oldi olindi. Favqulodda tizimlar ishga tushdi: avariya chiroqlari yoqildi, E-CALL tizimi avtomatik tarzda tez yordamni chaqirdi, eshiklar blokdan chiqdi va tutqichlar ochilib, qutqaruvchilar uchun qulaylik yaratildi.
Tadbirda Chery Tiggo 9 xavfsizligining boshqa muhim xususiyatlari, masalan, yuqori mustahkamlikka ega kuzov konstruksiyasi, qo‘sh himoya to‘siqlari va 85% yon himoya ham namoyish etildi, bu esa avtomobil xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi va haydovchi uchun xotirjamlik yaratadi.
Sinovlar yakunida OAV vakillari va ekspertlar Tiggo 9 xavfsizligini yuqori baholadi va uning ajoyib xususiyatlarini qayd etdi. OAV vakillari shunday dedi: “Tiggo 9 xavfsizligi hayratlanarli: akkumulyatorning suvga chidamliligi va kuzovning germetikligi sanoat bo‘yicha yetakchi darajaga yetdi”. Yaqin Sharqdagi KOS’lardan biri qo‘shimcha qildi: “Tiggo 9 xavfsizligi haqiqatan ishonch uyg‘otadi va haydovchilarga ishonchli himoya taqdim etadi”.
Tadbirning muvaffaqiyatli yakunlanishi Tiggo 9 ning yuqori xavfsizlik darajasini butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarga namoyish etdi va Chery kompaniyasining o‘z mijozlari xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan sadoqatini tasdiqladi. Chery kelgusida ham yuqori ishonchlilik va xavfsizlik standartlariga javob beradigan avtomobillarni taqdim etishni, har bir safarni qulay va xavfsiz qilishni rejalashtirmoqda.
Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyasi hisoblanadi. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan Chery modellari ro‘yxati haqida batafsil ma’lumotni cheryauto.uz saytida topish mumkin. Bepul test drayvga yozilish uchun Chery Uzbekistan dilerlik markazlariga murojaat qilish mumkin.
Chery Uzbekistan’ning rasmiy sahifalari:
Aloqa uchun: +998 71 276 55 55
Website: cheryauto.uz
Instagram: cheryuzbekistan
Telegram: cheryuzbekistan
Telegram-bot: cheryuzbekistanbot
Facebook: CheryUzbekistan
YouTube: cheryuzbekistan
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi