Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
Jamiyat
−
16 noyabr 2024 12627 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib tayinlandi:
- Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;
- Munojatxon Abduvaliyevna Yo‘lchiyeva – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori;
- Abdusaid Ko‘chimovich Ko‘chimov – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;
- Qudratilla Mirsagatovich Rafiqov – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;
- Mir-Akbar Xoji-Akbarovich Raxmonqulov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori;
- Sodiq Solixovich Safoyev – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari;
- Alisher Zafar o‘g‘li Sa’dullayev – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori;
- Sodiqjon Turdiyev – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
- Tursinxon Aydarovich Xudayberganov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr