Netanyaxuning qarorgohida ikkita portlash ro‘y berdi (video)

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Kesariya shahridagi qarorgohi hovlisida ikkita portlash yuz berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Politsiya va Isroil umumiy xavfsizlik kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

“Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning shaxsiy qarorgohiga otilgan ikkita snaryad uning uy hovlisiga kelib tushdi. Hech qanday zarar yetkazilmagan. Netanyaxu va uning oilasi bu vaqtda uyda bo‘lmagan”, deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanganidek, politsiya va Isroil umumiy xavfsizlik kuchlari voqea yuzasidan tekshiruv boshlagan. Isroil Prezidenti Isaak Gersog X sahifasida voqeani qoralagan va tergov davom etayotganini aytgan.

“Huquq-tartibot idoralari ushbu xavfli eskalatsiyani ko‘rsatadigan jiddiy hodisani qoralaydi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livanning “Hizbulloh” harakati tomonidan uchirilgan dron Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Tel-Aviv shimolidagi Keysariya shahridagi shaxsiy qarorgohiga borib urilgandi. Dron hujum qilgan paytda Netanyaxu qarorgohda bo‘lmagan. Isroil OAV harbiylar tomonidan qo‘yilgan taqiq sababli, zarar va ehtimoliy jabrlanganlar haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Mamlakat qo‘shinlarining iqror bo‘lishicha, dron kirib kelganida havo mudofaasi tizimi uni to‘xtata olmagan. Hatto dron harbiy vertolyot yaqinidan uchib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil snaryad Bin'yamin Netan'yaxu Kesariya shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing