Probatsiya inspektorlariga huquqbuzarlik bayonnomasini tuzish vakolati berildi
Jamiyat
−
16 noyabr
4642Kecha, 15 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan 999-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ayrim moddalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 248-moddasi to‘rtinchi qismiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish orqali ichki ishlar organlarining 1852 (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) va 187-moddalari (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) bo‘yicha probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolatini probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga berish normasi belgilandi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda 83 ming 763 nafar shaxs ichki ishlar organlarining probatsiya nazoratida turgan bo‘lsa, 2024 yilning 9 oyida bu ko‘rsatkich 86 ming 226 nafarni tashkil etgan, ya’ni 2024 yilda bunday shaxslar 2463 nafarga ko‘paygan.
2023 yilda ma’muriy nazoratda turgan 4167 nafar shaxs sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq (cheklov)larga rioya qilmagani uchun ularga birinchi marotaba ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 2024 yilning 9 oyida 3153 nafar shaxsga ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.
Aynan shu toifadagi shaxslar sudlar tomonidan belgilangan taqiq (cheklov)larga bir necha bor rioya qilmagani uchun 2023 yilda 717 nafar va 2024 yilning 9 oyida esa 637 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 226-moddasi (Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.
LiveBarchasi