Gruziyada MSK rahbariga bo‘yoq sepilishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Olam
−
16 noyabr
5345Gruziyada bugun, 16 noyabr kuni muxolifatchi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Giorgiy Kalandarishviliga qora bo‘yoq sepgani uchun jinoiy ish ochildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
“Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda va uning davomida barcha tegishli tekshiruv ishlari qilinadi”, deyiladi xabarda.
Tekshiruv Gruziya Jinoyat kodeksining 118-moddasi (qasddan sog‘likka kamroq og‘ir zarar yetkazish) asosida amalga oshiriladi. Ushbu moddaning eng yuqori jazosi to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.
Hodisa bugun, 16 noyabr kuni parlament saylovining yakuniy natijalari sarhisob qilingan Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishida yuz bergan. Muxolifat vakili David Kirtadze Kalandarishviliga yaqinlashib, uni “mamlakatni Rossiya tomon surgani uchun” “qora dog‘” deb atadi va uning ustiga qoramtir suyuqlik sepdi. Shundan so‘ng komissiya a’zolari o‘rtasida janjal kelib chiqqan va majlisni to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan.
Keyin ovoz berish natijalari tasdiqlandi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi 53,93 foiz ovoz to‘plab, parlamentdagi 150 o‘rindan 89 tasini olgan.
Saylovlarning o‘zi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Muxolifat o‘shanda ham ularning dastlabki natijalarini tan olmadi va mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.
LiveBarchasi