Tbilisidagi 5 qavatli bino portladi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
12:47 179 2 daqiqa
Bugun, 20 noyabr kuni Gruziya poytaxti Tbilisidagi beş qavatli turar joy binolaridan birida portlaş yuz berdi. Oqibatda olti kişi halok böldi. Mamlakatda motam e’lon qilindi. Bu haqda “Minval” xabar berdi.
Gruziya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, portlaş mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9:00 lar atrofida isitkiç nosozligi tufayli xonadonda gaz töplanib qolişi oqibtida sodir bölgan. Zarba tölqini tomning bir qismini uçirib yuborgan, şuningdek, qavatlararo tösinlar qulab tuşgan.

Qurbonlar orasida uç nafar ayol, bir nafar erkak va ikki nafar bola bor.
Qayd etilişiça, bino vayronalari ostida jami yetti kişi qolib ketgan. Faqatgina uç yoşli bolani qutqarib qolişga muvaffaq bölingan. Yana tört nafar jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgan bölib, ulardan birining ahvoli oğir deb baholanmoqda.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlangan. Keyinroq, Gruziya hukumati Kvemo-Poniçala tumanida olti kişining halok bölgani munosabati bilan 22 noyabr kunini motam kuni deb e’lon qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokistonning janubi-ğarbidagi Balujiston viloyatida yölovçi avtobusi suyultirilgan gaz taşiyotgan yuk maşinasi bilan töqnaşib, yonib ketgandi. Hodisa oqibatida 10 kişi, jumladan, uç nafar bola halok bölgangan, 27 kişi jarohatlangan.
Live
Barchasi