Turkiyadagi zavodda portlaş oqibatida halok bölganlar soni 17 nafarga yetdi
Olam
−
09:55 788 2 daqiqa
Turkiyaning Izmir viloyati Aliaga tumanidagi metallurgiya zavodida yuz bergan portlaş oqibatida halok bölganlar soni 17 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya soğliqni saqlaş vaziri Kamol Memişoğlu ma’lum qildi.
Hodisa keça, 9 noyabr kuni tuş paytida HABAŞ metallurgiya zavodida sodir bölgan. Dastlab portlaş yuz bergan, şundan söng yonğin çiqqan.
Zavod ma’muriyati ma’lumotiga köra, hodisa elektr yoyli peçlardan birida rejali ta’mirlaş işlari olib borilayotgan vaqtda yuz bergan. Ta’mirlaş jarayonida tuşib ketgan materiallar tabiiy gaz quvuriga urilgan va portlaş sodir bölgan.
Izmir viloyati gubernatori Sulaymon Elban hodisa vaqtida zavodda odatdagidan kamroq işçi bölganini aytgan. Uning sözlariga köra, odatiy smenada mazkur liniyaga 300 nafardan ortiq işçi işlaydi. Biroq ta’mirlaş işlari va qozonni almaştiriş sababli hodisa vaqtida u yerda taxminan 200 kişi bölgan. Portlaş paytida zavodda metall işlab çiqariş jarayoni ham olib borilmagan.
Hodisa yuzasidan Menemen Boş prokuraturasi tergov boşlagan. Olti kişi qölga olinib, tergov işlariga tört nafar prokuror jalb qilindi. Bundan taşqari, voqeani örganiş uçun ikki nafar boş inspektor tayinlandi.
Turkiya Adliya vaziri Oqin Gyurlekning ma’lum qilişiça, prokurorlar va ekspertlar zavod hududida tekşiruv olib bormoqda. Vayronalar ostida qolgan işçilarni qidiriş işlari ham davom etmoqda.
Portlaşda jarohatlangan işçilardan uçtasi davolanişdan söng şifoxonadan çiqarilgan. Yetti nafari Izmir şahar kasalxonasi va Çiğli ta’lim-tadqiqot şifoxonasiga yuborilgan. Yana olti işçi Aliaga davlat şifoxonasida davolanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning şimolidagi kömir konida portlaş sodir bölişi oqibatida ikki nafar işçi halok bölib, beş kişi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi